PISKENT TUMANI

PISKENT TUMANI — Toshkent viloyatidagi tuman. 1926-y. 29 sent. da tashkil etilgan. Shim. va shim.-sharqsan Ohangaron va Oʻrta Chirchiq, gʻarbdan Oqqoʻrgʻon, jan.-gʻarbdan Boʻka tumanlari, jan. dan Tojikiston Respubli-kasining Sugʻd viloyati bilan chegaradosh. Mayd. 0,79 ming km2. Aholisi 86,3 ming kishi (2003). Piskent tumanida 1 shahar (Piskent), 6 qishloq fuqarolari yigʻini (Doʻngqoʻrgʻon, Kerovchi, Murotali, Koriz, Oqtepa, Sayd) bor. Tuman markazi — Piskent sh.

Tabiati. Tuman hududi Qurama togʻ tizmalarining etaklarida va Ohangaron daryosining chap sohilida, ChirchiqOhangaron vodiysi boshlanadigan yerda joylashgan. Yer usti sharqdan gʻarbga tomon qiya. Oʻrtacha bal. 300—2500 m. Sharqiy qismi Qurama togʻlari, adirlar, choʻl, yaylovlar bilan band. Relyefi bir oz past-baland, eski dare oʻzanlari, jar va jilgʻalar bilan parchalangan. Tumanning gʻarbiy qismida sugʻoriladigan yerlar joylashgan. Tuproklari, asosan, tipik boʻz tuproqlar, pastqam joylarda oʻtloqi, botqoq-oʻtloqi, allyu-vial tuproklar. Tumanning chekka sharqida toʻq boʻz tuproqlar va qoʻngʻir tuproqlar tarqalgan boʻlib, bu yerlardan yaylov sifatida foydala-niladi. Kurama togʻidan Ohangaron daryosi oqib tu-shadi, togʻ soylaridan Qizota, Kovuldi, Olmaliqsoy, Parganda, Qoraqiyosoy oqib oʻtadi. Anhor, Boʻka, Shoʻr, Oʻrtaariq, Boʻrjar singari qad. ka-nallar, Shim. Toshkent kanali bor. Shim. chegarasi boʻylab Toshkent suv ombori («Toshkent dengizi») joylashgan. Iqlimi moʻtadil issiq, quruq. Yillik oʻrtacha t-ra 13,5°; iyulning oʻrtacha t-rasi 27°, eng yuqori t-ra 41,G, yanv. niki —1,0°, eng past t-ra —27,2°. Vegetatsiya davri 210—220 kun. Yillik yogʻin 350 mm. Yovvoyi oʻsimliklardan tekisliklarda qamish, dashtda shuvoq-shoʻra, togʻ oldi yerlarida boʻtakoʻz, dare va soylarning vodiylarida archa, doʻlana, zarang, olcha, olma, chetan (ryabina) va b. usadi. Yovvoyi hayvonlardan daryo qayirlarida boʻri, chiyaboʻri, yumronqoziq, quyon, toʻqay mushugi, oʻrdak, gʻoz, qirgovul, toglarda kaklik, bedana, mayna, loyxoʻrak, suvilonlar, ondatra yashaydi. Tumanning sharqiy qismida foydali qazilmalardan mis, qoʻrgʻoshin, rux, oltin, molibden va b. nodir metall rudalari, flyuorit, ohaktosh, shagʻal, kum va b. turli xil qurilish materiallari olinadi.

Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, tojik, tatar, rus va b. millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km2 ga 109,2 kishi. Shaharliklar 31,4 ming kishi, qishloq aholisi 54,9 ming kishi (2003).

Xoʻjaligi q. x. ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Sanoat, transport, aloqa, kurilish korxonalari bor. Shir-kat va dehqon-fermer xoʻjaliklari paxtachilik, gʻallachilik, bogʻdorchilik, chorvachilik bilan shugʻullanadilar. Tumanda 66 davlat, 1243 no-davlat korxonasi, 1 qoʻshma korxona, 10 aksiyadorlik jamiyati, 2 jamoa, 8 shir-kat xoʻjaligi, 970 fermer xoʻjaligi faoliyat koʻrsatadi. (2003).

Tumanning sugoriladigan ekin maydoni 20,7 ming ga, shu jumladan, 10 ming ga yerga paxta, 8,4 ming ga yerga don, 420 ga yerga poliz va sabzavot ekinlari ekiladi (2003). Piskent tumani dagi 43 umumiy taʼlim maktabida 20,2 mingga yaqin oʻquvchi taʼlim oladi. Yordamchi internat maktabi, kasbhunar kolleji, 8 klub, 22 kutubxo-na, madaniyat va istirohat bogʻi, 8 stadion mavjud.

Markaziy kasalxona, yuqumli kasalliklar va bolalar kasalxonalari, 4 qishloq vrachlik punkti, 5 vrachlik ambulatoriyasi, markazlashgan dorixona, 10 xususiy dorixona aholiga xizmat koʻrsatadi. 1932-y. dan «Mehnat bayrogʻi» tuman gaz. chiqadi.


Lotin alifbosida maqola: PISKENT TUMANI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: P harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
TOSHKENT VILOYATI
YER
TOJIKISTON
OSIYO


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты