PISTOLET

PISTOLET (frans. pistolet, nem. pistala, chex tilida — pistʻala — qamishsurnay) , toʻpponcha — 1) individual oʻt ochar qurol. Dushmanning 50—70 m gacha masofadagi jonli kuchlarini shikastlantirishga moʻljallangan; bir qoʻl bilan otish mumkin. Pistolet bilan ofitserlar, shuningdek, ayrim mutaxassislashgan serjant va askarlar qurollantiriladi. Yevropa va Osiyoda 16-a. da piltali Pistolet yuzaga kelgan. 17-a. dan boshlab turli armiyalarda chaqmoq zatvorli, 19-a. dan esa kapsyulali Pistolet lardan foydalanilgan. Pistolet larning tezotarligini taʼminlash uchun ular 2 va undan koʻproq stvolli qilib yasalgan. 19a. oʻrtalariga qadar Pistolet larning koʻpchiligi silliq stvolli boʻlib, ogʻiz tomonidan oʻqlangan. 19-a. 50-y. lariga kelib ancha takomillashgan burama stvolli (vint kesimli) revol-verlar qoʻllanila boshlangan.

Pistolet larning jangovar, signal va sport turlari mavjud. Tuzilishiga koʻra, avtomatik, yarim avtomatik (oʻz-oʻzidan oʻqlanadigan) va oddiy (oʻklash, otish va boʻsh gilzani chiqarishni otuvchi bajaradigan) xillarga boʻlinadi. Pistolet larning ogʻirligi 700 g dan 1 kg gacha, kalibri 5, 35 mm dan 11,43 mm gacha, oʻqining boshlangʻich tezligi 250—420 m/sek; magaziniga 5—8 va undan koʻproq patron joyla-nadi; 2)yarimavtomatik koʻchma payvandlash moslamasi; muqim (statsionar) qurilmalarda payvandlab boʻlmaydigan detallarni payvandlashda ishlatiladi. Pistolet bilan nuqtaviy kontakt payvand, yey payvand, elektron-nurli payvand va b. bajariladi. Avtomobillar, t. y. vagonlari, q. x. mashinalari i. ch. da, kosmik obyektlarni orbitada payvandlashda qoʻllaniladi.


Lotin alifbosida maqola: PISTOLET haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: P harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



JANGOVAR TARTIB
TOSHKENT
YER
ChEXIYA
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты