QIYOSIY-TARIXIY TILSHUNOSLIK, qiyosiy tilshunoslik, komparativistika — tilshunoslikning qarindosh tillarni, yaʼni genetik jihatdan oʻzaro bogʻliq tillarni oʻrganuvchi, ular oʻrtasidagi munosabatlarni aniqlovchi hamda ularning zamon va makon boʻyicha tadrijiy taraqqiyotini tavsiflovchi sohasi; til oilalarining, shu tizimlardagi ayrim tillar va elementlarning kelib chiqishini aniqlash, jumladan, tillar oʻrtasidagi genetik qarindoshlikni — ularning yagona bir manba (bobo til)dan kelib chiqqanligini aniqlash (tillarning genealogik tasnifi) ham Qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning maqsadlari doirasiga kiradi. Qiyosiy-tarixiy tilshunoslik tillar tarixini qayta tiklash (rekonstruksiya qilish) da asosiy tadqiqot vositasi sifatida kiyosiytarixiy metoddai foydalanadi; tadqiqotning eng umumiy shakli — (eng avvalo fonetikani qamrab oladigan) qiyosiy-tarixiy grammatikalar va (leksikani namoyon etuvchi) etimologik lugʻatlar tuzishdan iborat. Qiyosiy-tarixiy tilshunoslik tavsifiy yoki sinxronik tilshunoslik, meʼyoriy va umumiy tilshunoslikka qarshi turib, ularni inkor etadi; shu bilan birga, u bir qancha masalalarda tavsifiy tilshunoslik bilan ham, umumiy tilshunoslik bilan ham oʻzaro aloqada, bogʻliqliqda boʻladi.
Qiyosiy-tarixiy tilshunoslikda qoʻllanuvchi qiyosiytarixiy metodning asosiy tadqiqot usullari quyidagilardir:
1) tashqi (qiyosiy) rekonstruksiya (tor maʼnodagi qiyosiytarixiy metod) — qarindosh tillardagi genetik jihatdan teng, oʻxshash soʻz va morfemalarni qidirib topish va bobo tildagi izchil tovush oʻzgarishlarining qarindosh tillardagi natijalarini aniqlash; bobo tilning taxminiyfaraziy modelini yaratish va keyinchalik undan kelib chiqqan avlod tillarning aniq morfemalarini tiklash qoidalarini tuzish; taqqoslanayotgan tillar oʻrtasidagi mosliklar tizimini (fonetika, morfologiya, sintaksis, leksika, frazeologiyada) aniqlash va shu asosda tillarning qarindoshligini belgilash vab. ;2)ichki rekonstruksiya — ayrim olingan bir til tizimida ushbu til tarixining ancha ilk bosqichlarida baʼzi bir elementlarning mavjud boʻlganligi haqida aniq guvohlik beruvchi hodisalar va oʻzaro munosabatlarni aniqlash; ayrim bir tildagi eng qadimiy shakllar bilan eng yangi shakllarni oʻzaro taqqoslash; 3) oʻzlashma (rekonstruksiya qilinayotgan tillarga oʻzlashgan yoki shu tillardan boshqa tillarga oʻzlashtirilgan) soʻzlar tahlilidan maʼlumotlar chiqarib olish; 4) toponimika materiallaridan maʼlumotlar chiqarib olish va boshqalar Amalga oshirilgan rekonstruksiyalar til tizimining barcha tomonlarini: fonologiya, morfonologiya, morfologiya, leksika, qisman sintaksisni qamrab oladi. Biroq ushbu rekonstruksiyalarni tarixan aniq bir bobo til bilan bevosita tenglashtirib boʻlmaydi, ular tarixiy haqiqat boʻlmish bobo til haqidagi mavjud maʼlumotlarni modellashtiradi, xolos; ushbu maʼlumotlar baʼzi obyektiv sabablarga koʻra barcha avlod tillarda yoʻqolib ketgan morfemalar hamda fonemaviy ziddiyatlarni aniq rekonstruksiya qilish imkoniyati yoʻqligidan, muqarrar ravishda toʻliq, mukammal boʻla olmaydi; bir qator rekonstruksiyalar taxminiyfaraziy holatda boʻladi.
Tillarni tarixiy taraqqiyotsiz qiyoslash, tarixiy qiyoslashdan farqli ravishda, qarindosh va noqarindosh tillarni chogʻishtirish deb atalib, u avvaldan Yevropaning antik davrida (yunon va lotin tillarini chogʻishtirish), qadimiy Hindistonda (sankrit bilan prakritlarni — oʻrta hind tillarni chogʻishtirish), 11—12-asrlar Sharq tilshunosligida (M. Koshgʻariy va M. Zamaxshariy lugʻatlarida qarindosh va noqarindosh tillar lugʻaviy birliklarning chogʻishtirilishi) mavjud boʻlgan. Chogʻishtirma tilshunoslik 17—18-asrlarda Yevropadagi va dunyoning boshqa mintaqalaridagi turlituman qarindosh tillar boʻyicha tadqiqot materiallarining toʻplana borishi bilan yanada rivojlanadi va Qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning paydo boʻlishiga zamin hozirlaydi.
Qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning, eng avvalo, uning magʻzi boʻlmish qiyosiytarixiy grammatikaning paydo boʻlishini odatda 18-asr oxirida yevropalik tilshunoslarning sanskrit bilan tanishuvlariga bogʻliq deb hisoblaydilar [mas, nemis olimi F. Shlegelning «Hindlarning tili va donoligi» (1808) asari, ingliz olimi U. Jounzning sanskrit bilan «klassik tillar» (yunon va lotin) orasida qarindoshlik borligi haqidagi fikrlari va boshqalar]. Lekin Qiyosiy-tarixiy tilshunoslikka asos soluvchi asarlar 19-asrning 1-choragida maydonga keldi. Nemis tilshunosi F. Boppning «Sanskrit tilining tuslanish tizimi haqida va uni yunon, lotin, fors va german tillaridagi tuslanish tizimiga qiyoslash» (1816) va 3 jildli «Sanskrit, zand (avesto), arman, yunonlotin, litva, eski slavyan, got va nemis tillarining qiyosiy grammatikasi» (1833—52) asarlari hamda daniyalik olim R. K. Raskning «Qad. shimol tili sohasidagi tadqiqot yoki island tilining kelib chiqishi» (1818) asari qiyosiy tilshunoslik sohasidagi dastlabki jiddiy tadqiqotlardir. Shuni aytish kerakki, F. Bopp va R. K. Rask birbirlarining tadqiqotlaridan bexabar holda, mustaqil ravishda qiyosiy tilshunoslikka asos soladilar. Nemis tilshunosi Ya. Grimm esa oʻzining 4 jildli «Nemis grammatikasi» (1819—37) va 2 jildli «Nemis tili tarixi» (1848) asarlari bilan Qiyosiy-tarixiy tilshunoslikka maʼlum hissa qoʻshib, tilshunoslik metodologiyasiga tarixiylik tushunchasini kiritadi. Rus tilshunosi A. X. Vostokov oʻzining «Slavyan tili haqida mulohazalar» (1820), 2 jildli «Cherkovslavyan tili lugʻati» (1858—61) bilan, chex tilshunosi yilDobrovskiy esa «Qad. slavyan tili grammatikasi» (1822) va boshqalar asarlari bilan Qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning slavyanshunoslik tarmogʻini asoslab, uni rivojlantirdilar. Shunday qilib, F. Bopp, R. K . Rask, Ya. Grimm, A. X. Vostokovlar Qiyosiy-tarixiy tilshunoslik va bu tilshunoslikning ilmiy tekshirish metodi boʻlgan qiyosiytarixiy metodp. asos soldilar. Grimm va nemis olimi A. Pott esa Qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning asosi boʻlgan qiyosiytarixiy fonetikani fan sifatida amaliyotga kiritdilar. Bobo tilni rekonstruksiya qilish yoʻlidagi dastlabki jiddiy urinishlar 19-asr oʻrtalarida nemis olimi ASHleyxer tomonidan amalga oshirilgan. Tillarning yozuvgacha boʻlgan tarixi materiallarini, eng avvalo fonemalarni, dalillar asosida rekonstruksiya qilishning aniq metodikasi (daniyalik K. Vernerning, nemis olimi K. Brugman boshchiligidagi «yosh grammatikachilar»ning, F. de Sossyur va boshqalarlarning asarlarida) 19-asrning soʻnggi choragida ishlab chiqilgan; ushbu metodika hozirgi Qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning xdm asosi hisoblanadi. Qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning yangi bosqichi A. Meye, fransuz olimi A. Benvenist, daniyalik X. Pedersen, polyak olimi Ye. Kurilovich, italiyalik V. Pizani, rus olimlari A. V. Beleskiy, A. V. Desniskaya, V. M. IllichSvitich va boshqalarning nomlari bilan bogʻliq. Qiyosiy-tarixiy tilshunoslik fani Hindistondan Yevropagacha boʻlgan oʻzaro qarindosh tillarni qiyoslash va eng qadimiy shakllarni tiklashga urinish asosida yaratilganligi uchun baʼzan hindevropa tilshunosligi deb ham atalgan.
Hindevropa tillari qarindoshligini oʻrganish va german tillarini tadqiq qilishdan tashqari 19-asrning 2-yarmidan boshlab slavyanshunoslik, boltiqshunoslik, romanshunoslik (romanistika), eronshunoslik, keltshunoslik, hindshunoslik, somshunoslik (semitologiya) ham Qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning keng rivojlangan sohalari hisoblanadi. 20-asrning 1-yarmida mazkur sohalar bilan bir qatorda hindevropa tillarining boshqa guruhlarini qiyosiytarixiy oʻrganish, ural tilshunosligi (ayniqsa finugorshunoslik), turkiyshunoslik, moʻgʻulshunoslik ham keng rivojlandi. Qiyosiytarixiy jihatdan muvofiqligi oʻrganilayotgan tillar doirasi kengayib bormoqda (tungusmanjur, dravid, kartvel, xitoytibet, avstronez tillari, Afrikadagi somhom tillari, bantu tillari, indeys tillarining bir qancha guruhlari va boshqalar). Uzoq qarindosh tillarni (nostratik tillar, Amerika, Afrika, Okeaniyadagi tillarning makrooilalarini) oʻrganish rivojlanmoqda. Qiyosiy-tarixiy tilshunoslik boʻyicha tadqiqotlarning natijalari tillarning genealogik tasnifiga asos boʻlib, etimologiya va lingvistik paleontologiyaning ilmiy poydevori hisoblanadi; tarixchilar uchun esa xalkdar etnogenezi, ularning yozuvga qadar boʻlgan tarixi, qadimiy xalklar madaniyati va oʻzaro aloqalari haqidagi lingvistik maʼlumotlardan foydalanish imkonini beradi.
Qiyosiy-tarixiy tilshunoslik 19-asr — 20-asr boshlarida, asosan, Germaniya, AvstroVengriya va Skandinaviya mamlakatlarida rivojlangan boʻlsa, keyingi paytlarda bu tilshunoslik Rossiya (SSSR), AQSH, Gʻarbiy Yevropa, Finlyandiya, Shvetsiya, Vengriya, Yaponiya, Hindiston va boshqalar mamlakatlarda ham taraqqiy etmoqda. Turkiyzabon davlatlarda ham Qiyosiy-tarixiy tilshunoslikka qiziqish kuchayib bormoqda, qarindosh va noqarindosh tillarni oʻzaro qiyosiy oʻrganishga, lugʻaviy, morfologik birliklarning tarixiy shakllarini aniqlashga eʼtibor berilmoqda. Xususan, Oʻzbekistonda oʻzbekqoraqalpoq, oʻzbekturkman, oʻzbekqozoq, oʻzbektojik, oʻzbekrus tillarini, Qozogʻistonda qozoqoʻzbek, qozoqmoʻgʻul tillarini qiyosiy oʻrganish boʻyicha muayyan izlanishlar olib borilgan.
Ad.: Tomsen V., Istoriya yazmkoznaniya do konsa XIX veka, M., 1938; Meye A., Vvedeniye v sravnitelnoye izucheniye indoyevropeyskix yaznkov, 3 izd., per. s frann., M. — L., 1938; Desniskaya A. V., Voprosm izucheniya rodstva indoyevropeyskix yazskov, M. — L., 1955; Voprosn metodiki sravnitelnoistoricheskogo izucheniya indoyevropeyskix yazjov, M., 1956; Georgiyev V. I., Issledovaniya po sravnitelnoistoricheskomu yaznkoznaniyu, M., 1958,. Paul G., Prinsipn istorii yazmka, per. s nem., M., 1960; Loya Ya. V., Istoriya lingvisticheskix ucheniy, M., 1968; Usmonov S, Umumiy tilshunoslik, T., 1972; IllichSvitnch V. M., Opnt sravneniya nostraticheskix yaznkov, t. 1 — 3, M., 197184; Semereni O., Vvedeniye v sravnitelnoye yaznkoznaniye, per. s nem., M., 1980; Sravnitelnoistoricheskoye izucheniye yazjov raznnx semey. Sovremennoye sostoyaniye i problemn, M., 1981.
Abduvahob Madvaliyev, Gavhar Toʻxliyeva.