QIZAMIQ

QIZAMIQ, gul — oʻtkir yuqumli kasallik; gavda trasining koʻtarilishi, umumiy intoksikatsiya, yuqori nafas yoʻllari va koʻz shilliq pardasining yalligʻlanishi hamda badanga qizil, yirik dogʻli toshmalar toshishi bilan kechadi. Qizamiq yer yuzida eng keng tarqalgan infeksiyalardan, unga barcha yoshdagi kishilar, asosan, yosh bolalar beriluvchan boʻladi. Kasallik mavsumiy boʻlib, kuzqish va bahorda koʻproq uchraydi. Infeksiya manbai faqat kasallangan odam hisoblanadi, sogʻlom kishi organizmiga virus nafas yoʻllari orqali tushadi. Kasallikdan keyin umr boʻyi saqlanadigan immunitet qoladi. Chaqaloqlar (passiv immunitet tufayli) Qizamiq bilan ogʻrimaydi.

Organizmga yuqori nafas yoʻllari shilliq pardalari, koʻz konyunktivasi va boshqalar orqali kirgan Qizamiq virusi u yerda koʻpayib, keyin qonga tushadi. Kasallik bosqichmabosqich kechadi, inkubatsion (yashirin) davri 9—11 kun; undan soʻng prodromal (boshlangʻich, kataral) davr 3—4 kun davom etadi. Kasallik boshlanishida gavda t-rasi 39° gacha koʻtariladi, yuqori nafas yoʻllari va koʻz konyunktivasi qizaradi, bemor quruq yoʻtaladi, tumov boʻladi, qoʻzi qizarib yoshlanadi, yorugʻlikka qaray olmaydi, tovushi boʻgʻilib qoladi, yuzi kerikadi. Bola bezovta boʻladi, uyqusi buziladi, ishtahasi yoʻqoladi, holsizlanadi, baʼzan ich ketishi, qorinda ogʻriq, ogʻirroq hollarda umumiy intoksikatsiya, talvasalar, esʼhushni yoʻqotish alomatlari roʻy berishi mumkin.

Prodromal davrning 2 — 3 kuni lunj shilliq qavatida qizil gardish bilan oʻralgan mayda, nuqtasimon, oq dogʻlar paydo boʻladi, bu Qizamiqqa xos belgi (BelskiyFilatovKoplik dogʻlari). Ular toshma toshishidan 2—3 kun oldin koʻrinib, toshma toshganidan 1 — 2 kun oʻtgach yoʻqoladi.

Yumshoq va qattiq tanglayning shilliq pardasida mayda qizil dogʻlar — enantema paydo boʻladi. Toshma toshish davrida (bu davr 3—4 kun davom etadi) bemor qattiq isitmalaydi, tomogʻi qizaradi, keyin oʻziga xos qizil, yirik toshmalar toshadi; u dastlab quloq orqasi, lunj, peshona va burunga toshadi, keyin yuz, badanga, qoʻloyoqqa tarqaladi. Toshmalarning bosqichmabosqich toshishi Qizamiqda muhim diagnostik ahamiyatga ega. Yuzdagi toshmalar qoraya boshlaydi va jigarrang dogʻlarga aylanadi, ular 7—10 qun saqlanadi. Teri, ayniqsa, yuz, qoʻl kafti va oyoq tagi quruqshay boshlaydi; toshma oʻrni qovjirab, mayda poʻst tashlashi mumkin, gavda t-rasi pasayib, bola asta-sekin tetiklanadi. Kasallik bilinarbilinmas yengil kechishi zotiljam, ichki kasalliklar, oʻrta quloqning yalligʻlanishi (otit) va boshqalar asoratlar yuzaga kelishi ham mumkin, bunda darhol vrachga murojaat qilish kerak. Oddini olish uchun bemorni sogʻlom bolalardan ajratib qoʻyish zarur. Qizamiqka qarshi emlash muhim ahamiyatga ega (q. Emlash). 1967-yildan boshlab respublikada Qqa qarshi yoppasiga emlash joriy etilgan, shu bois kasallik ahyonda bir kuzatiladi.

Qizamiq bilan ogʻrigan bolalar uyda, ogʻirroq hollarda, asorat qolganida kasalxonada davolanadi. Asosiy ahamiyat kompleks davolash choratadbirlariga qaratiladi. Sanitariyagigiyena sharoitlarini yaxshilash, bemor boʻlgan xonaning havosini tez-tez almashtirib turish va toʻlatoʻkis ovqatlanishiga eʼtibor berish zarur.


Lotin alifbosida maqola: QIZAMIQ haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Q harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
TOSHKENT
XITOY
OKEAN
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты