PLAZMA

PLAZMA (yun. plasma — shakllangan) — toʻliq yoki kisman ionlashgan va har bir elementar hajmdagi elektron va ionlarning yigʻindi zaryadi nolga teng boʻlgan gaz. Suyuqlikning gaz holatiga oʻtishi bugʻlanish, qattiq jismning gaz holatigaoʻtishi sublimatsiya deb ataladi. Har qanday jism kuchli qiz-dirish natijasida gaz holatiga oʻtadi. Agar t-ra yanada oshirilsa, issikdik energiyasi taʼsirida molekulalarning ionlarga ajralish jarayoni boshlanadi. Gazning ionlanishi turli vositalar yordamida, mas, yoritish, elektronlar yoki boshqa zarralar b-n bombardimon qilish natijasida ham sodir boʻlishi mumkin. Plazma hajm birligidagi ionlashgan atomlar sonining shu hajm birligidagi barcha atomlar soniga nis-bati Plazmaning ionlanish darajasi a deyiladi. a ning qiymatiga qarab zaif, kuchli va toʻla ionlashgan Plazma boʻladi. Kosmos va Yer sharoitlarida, hoz. zamon texnikasida Plazma holatidagi modda gʻoyat katta rol oʻynaydi. Gazlardan tok oʻtish hodisalari, yaʼni gazlardagi raz-ryadlar, yashin, uchqun, elektr yoyi kabi hodisalar Plazma bilan bogʻliq. Yer atmosfe-rasining yuqori qatlami Quyosh va b. kosmik omillar taʼsirida zaif ionlashgan Plazma boʻlib, ular quyosh shamo-l i kurinishida Yer magnitosferasi va ionosferasini tashkil qiladi. Quyosh va yuqori t-rali yulduzlar toʻla ionlashgan Plazmadan iborat. Plazma zichligi (1 sm dagi elektron yoki ionlar soni) quyidagi qiymatlarga ega boʻladi: galaktik fazoda p ~ 10 , quyosh shamolida p ~ 10 , qattiq jismlarda p – 1O22. «Plazma» terminini fanga birinchi boʻlib amerikalik olimlar I. Lengmyur va L. Tonks kiritgan (1923).

Umumiy holda Plazmani tashkil etuvchi elektronlar, ionlar va neytral atomlarning oʻrtacha kinetik energiyalari birbiridan farq qilishi mumkin. Bunday termodinamik muvozanatsiz holatdagi Plazmaga noizotermik Plazma deb ataladi. Mas, gaz razryadli Plazmada har bir elektronning oʻrtacha kinetik energiyasi ionnikiga qaraganda unlab maro-taba katta boʻladi. P . ning muvozanatsiz holati razryad tokining energiyasi hisobiga saqlanib turishi mumkin. Maʼlumki, tashqi manba energiyasi asosan, elektronlar qabul qiladi. Elektron massasi ion yoki neytral zar-ra massasiga nisbatan bir necha ming marta kichik boʻlganligi sababli, toʻqnashuvlar natijasida elektronlar energiyasining juda oz qismigina boshqa zarralarga oʻtishi mumkin. Elektronlar energiyasining kamayishi tashki manba energiyasi hisobiga toʻldirila boradi. Shunday qilib, elektronlar, ionlar va neytral zarralarning har qaysisi oʻziga xos oʻrtacha kinetik energiyaga, demak t-raga ega. Elektronlar t-rasi Te, ionlar t-rasi T: va neytral zarralar t-rasi To orqali belgilanadi. Odatda Toga nisbatan T, kattaroq. Te esa ancha katta boʻladi.

Plazmani xarakterlovchi eng muhim fizik kattalik Debay radiusidir, uning mohiyatini quyidagicha tushuntirish mumkin. Agar Plazma tarki-bidagi biror q zaryadli zarra vaku-umda boʻlganida edi, uning oʻzidan g masofa uzoqlikdagi nuqtada hosil qilayetgan potensiali formula orqali aniklanar edi. Plazmada esa kuzatilayotgan bu zaryadli zar-ra boshqa zaryadlangan zarralar bilan qurshab olingan. Zaryadlar orasida oʻzaro taʼsir kuchlari mavjudligi tu-fayli kuzatilayotgan zaryad atrofiga koʻproq unga teskari ishorali zarralar yigʻiladi va ular q zaryad maydo-nini kuchsizlantiradi. Hisoblashlarning koʻrsatishicha, Plazma dagi q zaryadning potensiali masofa ortishi bilan quyidagi qonuniyat boʻyicha oʻzgarib boradi: bundagi D kattalik t-raga, hajm birligidagi zarralar soniga, ularning zaryadiga bogʻliq. Jumladan, agar izo-termik Plazma faqat elektronlardan yoki bir xil zaryadli ionlardan iborat boʻlsa bu yerda elektronlar (yoki ionlar) ning hajm birligidagi soni i orqali va elektron zaryadi ye orqali belgilanadi. r» D boʻlganda, yaʼni D ga nisbatan katta masofalarda zaryadlarning elektr maydoni juda zaiflashadi. Bu hodisa zaryad maydonining ekranlanishi, ekranlanishini xarakterlovchi D kattalik esa ekranlanish radiusi yoki De-bay radiusi deb yuritiladi. Mas, vodorod P. sida T=105Aʻ va ya=1016sm»3 ekan, Debay radiusi Ј>=1,5-10~5 sm. Radiusi D ga teng sfera ichidagi barcha zaryadli zarralarning soni Debay soni deyiladi. Debay soni katta boʻlgandagina Plazmani gaz deb hisoblash mumkin. Plazmaning asosiy xususiyati shundan ibo-ratki, undagi musbat va manfiy zaryadlar zichliklari deyarli bir-biriga tengdir. Bu xususiyat P. ning kva-zineytralligi deyiladi. Plazma egallagan joyning chizigʻiy oʻlchami Debay radiusidan ancha katta holatdagina kva-zineytrallik roʻy beradi.

Moddaning qattiq, suyuq yoki gaz qolatlarda boʻlishi uning agregat holatlari deyiladi. Yuqorida aytilganlardan ravshanki, Plazma xususiyatlari moddaning oddiy gaz holatidagi xususiyatlaridan koʻp jihatdan farq qiladi. Shuning uchun Plazmani moddaning toʻrtinchi holati deb hisoblanadi. Plazma xususiyatlaridan foydalanish xrz. zamon texnikasi taraqqiyotida gʻoyat katta ahamiyatga ega.

Ad.: Arsimovich L. A., Elementarnaya fizika plazmы, M., 1969; Rubnikov B. A., Vvedeniye v teoriyu plazmы, ch. 1—3, M., 1969-78.


Lotin alifbosida maqola: PLAZMA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: P harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
FIZIKA
QATTIQ JISM
IONLANISH
ELEMENTAR ZARRALAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты