PLANETAR TUMANLIKLAR

PLANETAR TUMANLIKLAR — markazida yuqori t-rali yulduz joylashgan, undan maʼlum masofada radikal kengayuvchi, gazsimon qobigʻi bor obyektlar. Koʻrinishlari diskka ega boʻlgan gigant sayyoralarni eslatishi sababli Planetar tumanliklar deyiladi. Planetar tumanliklar galaktika-mizdagina emas, balki qoʻshni galak-tikalarda ham yaxshi kuzatiladi. Planetar tumanliklarning gazsimon qobiklari massasi taxm. 0,1 Quyosh massasiga teng boʻlib, ular fazoga 20—40 km/sek tezlik b-n kengayib boradi. Planetar tumanliklar umri 20 ming yilga yaqin, bu davrdan soʻng qobiq kuzatuvchiga koʻrinmay fazoga tarqab ketadi. Qari Planetar tumanliklar spektri oq mitti yulduzlar spektriga oʻxshaydi. Markaziy yulduzning t-rasi 50—100 ming gradus atrofida. Planetar tumanliklar nurlanishida ultrabinafsha nurlar sezilarli darajada mavjudligi bilan ajralib turadi. Galaktikamizda 1500 ga yaqin Planetar tumanliklar kuzatiladi. Planetar tumanliklar Galaktikamiz ekvatori va yadrosiga nisbatan konsentratsiyaga ega.


Lotin alifbosida maqola: PLANETAR TUMANLIKLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: P harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
YULDUZLAR
QUYOSH
GALAKTIKA
GALAKTIKALAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты