QIZILTEPA TUMANI

QIZILTEPA TUMANI — Navoiy viloyatidagi tuman. 1935 yil 9 fev. da tashkil etilgan. 1962-yil 24 dek. da Gʻijduvon tumaniga qoʻshilgan. 1970-yil 7 dek. da qaytadan tashkil etilgan. Shim. dan Konimex, Navbahor tumanlari, shim. sharqsan Karmana tumani, sharqdan Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari, jan. dan Buxoro viloyatining Kogon tumani, gʻarbdan Buxoro, Vobkent va Gʻijduvon tumanlari bilan chegaradosh. Mayd. 2,2 ming km2. Aholisi 112,4 ming kishi (2004). Tumanda 1 shahar (Qiziltepa), 8 qishloq fuqarolar yigʻini (Arabon, Boʻston, Vangʻozi, Gardiyon, Zarmitvn, Oqoltin, Xoʻjahasan, Yangihayot) bor. Markazi — Qiziltepa shahri Tabiati. Tuman hududi Zarafshon vodiysining jan. gʻarbidagi kambar tekislikda. Qiziltepa va Oftobachi platolari orasida, Hazora darasi boʻylab ketgan Zarafshon daryosining ikki qirgʻoq havzasi, Shohrud va Abu Muslim shohariqlari orasidagi hududlarda joylashgan. Shim. dan tuman hududiga Qizilqumning kichik bir qismi kirib kelgan. Voha Zarafshonning chap sohili boʻylab Malikchoʻl, Qiziltepa, Quyimozor adirlari, jan. dan Qarnob choʻli bilan tutashgan. Gʻarbdan voha Shohrud kanali oʻzani bilan chegaralangan. Tumanning shim. chegarasi boʻylab Zarafshon daryosi oqib oʻtadi. Toʻdakoʻl, Quyimozor suv omborlari, suv toʻgʻoni qurilgan, Amu — Buxoro kanali (Qiziltepa va Quyimozor nasos st-yalari) tuman hududi orqali oʻtgan. Tuman hududining Malikchoʻl, Oʻrtachoʻl, shim. dan Qizilqum choʻllariga tutashligi iqlimga katta taʼsir koʻrsatadi, yozi jazirama issiq boʻlib, tez-tez garmsel esadi; qishi ancha ayoz. Yanv. oyining oʻrtacha t-rasi 0,4°, eng past t-ra — 24°. Iyul oyining oʻrtacha t-rasi 28,3°, eng yuqori t-ra 44°. Yiliga oʻrtatushadi. Vegetatsiya davri 212 kun. Tuproqlari och boʻz, oʻtloqi boʻz, qumoq boʻz tuproqlardan iborat. Yovvoyi oʻsimliklardan qamish, roʻvak, bugʻdoyiq, shoʻrajriq, kampirsoch, itgunafsha, suvrang, yulgʻun va boshqalar oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan boʻri, tulki, quyon, chiyaboʻri, jayran va jayra uchraydi; qushlardan soʻfitoʻrgʻay, chumchuq, chugʻurchiq, zargʻaldoq, toʻqayzorlarda qirgʻovul, loyxoʻrak, oʻrdak va boshqalar; sudralib yuruvchilardan gekkon kaltakesagi, toshbaqa, sariq ilon, echkemar; kemiruvchilardan koʻrsichqon, kichik qoʻshoyoq, qumsichqon, tipratikan, kalamush va boshqalar bor.

Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, tojik, rus, qozoq, tatar, ukrain, arman va boshqalar millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km2 ga 51,9 kishi. Shahar aholisi 12 ming kishi, qishloq aholisi 100,4 ming kishi.

Xoʻjaligi. Paxta tozalash, un, gʻisht zdlari, neft mahsulotlari sakdash korxonasi, parrandachilik f-kasi, qurilish tashkilotlari, mahalliy sanoat, aloqa va transport korxonalari ishlab turibdi. 3 koʻshma, 55 kichik, 1500 dan ortiq savdo va maishiy xizmat qoʻrsatish shoxobchalari mavjud. Qiziltepa tumanining yetakchi tarmogʻi — paxtachilik va gʻallachilik, shuningdek, chorvachilik ham rivojlangan. 13 shirkat, 663 fermer xoʻjaligi bor. Sugʻoriladigan yerlar 32,5 ming ga ni tashkil etadi. Shu jumladan, 9,3 ming ga dan ziyod yerga paxta, 9,8 ming gektarga yakin yerga gʻalla, 107 ga yerga sabzavot va poliz ekinlari, 15 ga yerga kartoshka, 230 ga yerga beda ekiladi. 625 ga yer bogʻlardan iborat. Tuman jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida 52,5 ming qoramol, 78,3 ming qoʻy va echki, 193,9 ming paranda, shuningdek, yilqi ham boqiladi.

Tumandagi 38 umumiy taʼlim maktabida 29 mingdan ziyod oʻquvchi taʼlim oldi (2004). 2 litsey, internat maktabi, musiqa va sanʼat maktabi, 4 kasb-hunar kolleji bor. 44 kutubxona, 8 klub, 3 madaniyat uyi, 2 madaniyat va istirohat bogʻi, muzey faoliyat koʻrsatadi. 3 stadion va boshqalar sport inshootlari mavjud.

2 kasalxona, 2 poliklinika, 3 ambulatoriya, 31 qishloq vrachlik punkti, 8 feldsherakusherlik punkti, 39 dorixona aholiga xizmat koʻrsatadi. Bu tibbiy muassasalarda 77 vrach va 320 oʻrta tibbiy xodim ishlaydi. Tuman hududidagi qishloqlarda hunarmandchilik qadimiy dan rivojlangan. Kulolchilik buyumlari, boʻyra va h. k. tayyorlanadi.

Qiziltepa tumani hududidan Katta Oʻzbekiston trakti oʻtgan. Qiziltepa — Navoiy yoʻnalishida, shuningdek, Gʻijduvon, Shofirkon. Vobkent sh lariga avtobus va marshruii taksilar qatnovi yoʻlga qoʻyilgan. Meʼmoriy yodgorliklardan Toshmasjid majmuasi (16-asr), Xoja Boyazid Bistomiy maqbarasi va boshqalar bor. Tarixchi olim Mirzo Abdulazim Somiy Boʻstoniy (19-asr), ulamo Xoja Hasan Andoqiylar (11 —12-asrlar) shu tuman hududida tugʻilgan.

1971-yildan «Qiziltepa tongi» tuman gaz. nashr qilinadi (adadi 8000). Qahramon Rajabov.


Lotin alifbosida maqola: QIZILTEPA TUMANI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Q harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
QASHQADARYO VILOYATI
BUXORO VILOYATI
NAVOIY VILOYATI
YAPONIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты