PLATINA QOTISHMALARI

PLATINA QOTISHMALARI — asosini platina tashkil qiladigan qotishmalar; odatda, legirlovchi elementning (q. Legirlash) platinadagi qattiq eritmasidan iborat boʻladi. Platina qotishmalarining muhim legirlovchi elementlari: rodiy (Rh), iridiy (Ir), palladiy (Pd), ruteniy (Ru), nikel (Ni), kobalt (So), mis (Si), volfram (W) va molibden (Mo). Platina qotishmalari suyuklanish t-rasi yuqori, zararli muhitlarda korroziya (zanglash) ga (oksidlanishga) chi-damli, mexanik xossalari yuqori, yeyilishga juda chidamli material. Platina qotishmalarini bosim bilan ishlab (bolgʻalab, prokatlab, shtamplab va choʻzib), har xil buyumlar olish mumkin. Ular termoparalar, elektr asboblarning qismalari (klemmalari), yuqori t-rada eriydigan kavsharlar, prujinalar, doimiy magnitlar, shisha suyultirish idishlari, sunʼiy tola ishlab chiqariladigan filyerlar va b. muxim detallar hamda elementlar tayyorlashda, kimyoviy reaksiyalarda katalizatorlar sifatida ishlatiladi.


Lotin alifbosida maqola: PLATINA QOTISHMALARI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: P harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



SHISHA
NIKEL
KIMYO
PALLADIY
PLATINA METALLARI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты