QISQICHBAQASIMON TUMANLIK

QISQICHBAQASIMON TUMANLIK — Savr yulduz turkumidagi N00 1952 tumanligi. 1054-y. da arab, xitoy va yapon olimlari kuzatishgan. Oʻta yangi yulduzlar chaqnashi natijasida vujudga kelgan; ungacha boʻlgan masofa 1700 parsek. Toʻla nurlanish energiyasi 1018 erg-s~ʻ. Q. t. da ancha tartiblangan va kuchlanishi 10~3 ersted magnit maydoni mavjud; unda tolasimon qobiq va amorf ipsimon strukturalardan iborat ichki qism farqlanadi. Qobiqdagi t-ra 17000° K. Qobiqning nurlanish spektri oldiy gaz tumanliklariga oʻxshash boʻlib, ichki qismining nurlanishi radiotoʻlqinlar, koʻzga koʻrinadigan, ultrabinaf-sha va rentgen toʻlqinlarda kuzatiladi. Bu qismning ipsimon strukturalari relyativistik (energiyalari 10ʻ erg dan ziyod) elektronlar oqimlaridan iborat. Bunday yuqori energiyalar manbai Qisqichbaqasimon tumanlik markaziga yaqin joylashgan oʻta yangi yulduzning qoldigʻi boʻlgan neytron yulduz boʻlib, bu yulduz davri 0,033 sek ga teng 1UR 0532 nomerli pulsardir. Qisqichbaqasimon tumanlik unga nisbatan radial yoʻnalishda kengaymoqda.


Lotin alifbosida maqola: QISQICHBAQASIMON TUMANLIK haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Q harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YAPONIYA
YER
XITOY
YULDUZLAR
INFRAQIZIL NURLANISH


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты