QICHITQI OʻT

QICHITQI OʻT, gazanda — gazandadoshlarga mansub koʻp yillik oʻsimlik turi. Poyasi oddiy yoki shoxlangan. Boʻyi 60—100 sm. Barglari tuxumsimon yoki tuxumsimon-yuraksimon, chetlari arra tishli. Changchi va urugʻchi gullari toʻrt bargli gulqoʻrgʻonga ega. Urugʻchi gulqoʻrgʻonlarining ikkitasi oʻsimlik gullaganda kattalashadi. Changchilari 4 ta, urugʻchisi 1 ta. May-avg. oylarida gullab urugʻlaydi. Mevasi yongʻoqcha. Dorivor oʻsimlik. Barglaridan olinadigan suyuq modda (ekstrakt) qon toʻxtagish xususiyatiga ega. Barglari tarkibida S, kam miqdorda K vitamini va karotin bor. Yosh oʻsimlik barglari ovqatga ham ishlatiladi. Soya-salqin yerlarda, jarliklarda, sharsharalar atrofida oʻsadi.


Lotin alifbosida maqola: QICHITQI OʻT haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Q harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



DORIVOR OʻSIMLIKLAR
YER
GAZANDA
XITOY
QON KETISHI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты