QISHKI OLIMPIADA

QISHKI OLIMPIADA, qishki olimpiada oʻyinlari — sportning qishki turlari boʻyicha jahon miqyosida oʻtkazilaligan turkum muso-baqalar. 1924-y. dan Xalqaro olimpiada qoʻmitasi tomonidan har 4 yilda oʻtkaziladi (1940, 1944-y. larda oʻtkazilmagan). 1908 va 1920-y. larda muz ustida figurali uchish, 1920-y. da shaybali xokkey Olimpiada oʻiinlari dastu-riga kiritilgan. Qishki olimpiadada biatlon. bobsley. kyorling, konkida uchish (500 m dan 10000 m gacha poyga. muz ustida figurali uchish), chana sporti. chan/i sporti, shaybali xokkey (q. Xokkey) boʻyicha musobaqalar uyushtiriladi.

Qishki olimpiada oʻtkazilgan yillar va joylar: I Olimpiada oʻyinlari — 1924, Shamoni (Fransiya); II va V — 1928 va 1948, Sankt-Moris (Shveysariya); III va XIII – 1932 va 1980, Leyk-Plesid (AQSH); IV – 1936, Garmish-Parten-kirxen (Germaniya); VI — 1952, Oslo (Norvegiya); VII — 1956, Kortina dʻAmpesso (Italiya); VIII — 1960, Skvo-Velli (AQSH); IX va XII – 1964 va 1976, Insbruk (Avstriya); X — 1968, Grenobl (Fransiya); XI — 1972, Sapporo (Yaponiya); XIV – 1984, Sarayevo (Yugoslaviya); XV — 1988, Kalgari (Kanada); XVI — 1992, Albervil (Fransiya); XVII — 1994, Lillexammer (Norvegiya); XVIII – 1998, Nagano (Yaponiya); XIX — 2002, Solt-Leyk-Siti (AQSH).

Oʻzbekiston sportchilari Qishki olimpiada larda 1994-y. dan ishtirok etib keladi. Lina Cheryazova, Sergey Brener (fristayl), Tatyana Malinina (muz ustida figurali uchish), Komil va Elmira Urumboyevlar (changʻi sporti) kabi sportchilar Qishki olimpiada larda muvaffaqiyatli qatnashgan.


Lotin alifbosida maqola: QISHKI OLIMPIADA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Q harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



FRANSIYA
ITALIYA
GERMANIYA
AVSTRIYA
SHVEYSARIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты