POLIMERLANISH — quyi molekulali modda (monomer)larning kovalent bogʻ orqali birikib, yuqori molekulali birikma (makromolekula)lar hosil qilish jarayoni. Makromolekulaning elementar tarkibi (uning chek-ka guruhini nazarga olmaganda) monomerning tarkibidan farq qilmaydi. Polimerlanishning polikondensatlanishdan mu-him farqi ham ana shunda.
Makromolekulada initsiatorlar ishtirokida faol markaz (•) hosil qilish Polimerlanishning asosiy bosqichi hisoblanadi. Bu markaz reaksiyaning oʻsishini boshlab yuboradi va monomer molekulasini faol markazga qoʻshadi. Agar bu markaz turgʻun (uzoq vaqt mavjud boʻluvchi) boʻlsa, Polimerlanish bosqichsimon deyiladi. Agar oraliq mahsulot turgʻun boʻlmasa (qisqa vaqt mavjud boʻla olsa), P. zanjirsimon deyiladi. Polimerlanishda qatnashuvchi faol markazlar tabiatiga koʻra, Polimerlanish radikalli va ionli boʻladi. Polimerlanishda bir vaqtda 2 yoki undan ortik, turli monomerlar qatnashishi mumkin.
Radikalli Polimerlanish faqat zanjirli mexanizm boʻyicha boradi. Erkin radikallar oraliq faol mahsulotlarning funksiyasini oʻtaydi. Etilen, vinil-xlorid, vinilatsetat, vinilidenxlorid, ftoretilen, akrilonitril, me-takrilonitril, metilakrilat, metil-metakrilat, stirol, butadiyen, xlorop-ren va b. radikalli Polimerlanishga kirishadigan monomerlarga mansubdir. Radikalli Polimerlanishni xona harorati va quyi t-ralarda amalga oshirish uchun oksidlanishqaytarilish initsiatorlashdan foydalaniladi. Lab. amaliyotida fotokimyoviy initsiatorlash qoʻllanadi. Radikalli Polimerlanishni u-nurlari, tezkor elektronlar, x-zarrachalar, neytronlar va h. k. taʼsirida hosil qilish ham mumkin. Bu usuldagi initsiatorlash radi – atsion kimyoviy initsiatorlash deyiladi.
Radikalli Polimerlanishda zanjir uzatilish re-aksiyasining ahamiyati muhim. Buning mohiyati shundaki, oʻsuvchi radikal biror molekula (zanjir uzatuvchi molekula)ning atomi yoki bir guruh atomini uzib oladi. Natijada oʻsuvchi radikal toʻyingan valentli molekulaga aylanib, kinetik zanjirni davom ettirishga moyil yangi radikal hosil qiladi.
Ionli Polimerlanishda oraliq faol mahsulotlar ionlar, ionlar jufti yoki qutblangan komplekslardan iborat. Ionli Polimerlanish zanjirli mexanizm boʻyicha ham, bosqichli mexanizm boʻyicha ham borishi mumkin. Zanjirsimon ionli Polimerlanish kationli va anionli Polimerlanishga boʻlinadi. Kationli Polimerlanishda oʻsuvchi zanjir uchidagi reaksiya ga kirishuvchi ionlar musbat zaryadli boʻladi. Izobutilen, propilen, metilstirol, vinilalkil efirlar, izopren va h. k. monomerlar kationli Polimerlanishga oson kirishadi. Kationli Polimerlanishni past t-rada amalga oshirishda katali-zatorlar bilan komplekslar hosil qiluvchi sokatalizatorlar (suv, proton kislotalar, spirtlar, galogenalkillar, efirlar va h. k.) ishlatiladi.
Sianid viniliden, nitroetilen, akrilonitril, metakrilonitril, akril va metakril efirlar va h. k. anionli Polimerlanishga oson kirishadi. Koordinatsion-ionli Polimerlanish olinayotgan mahsulotlarning xossalarini aniq tekshirishga imkon beradi. Butun dunyoda ishlab chikariladigan polimerlarning 3/4 ga yaqin qismi Polimerlanish jarayoni asosida olinadi.
Ad.: Asqarov M. A., Jalilov A. T., Rashidova S. Sh., Trubisыna S. N ., Regulirovaniye protsessa radikalnoy polimerizatsii, T., 1975; Ismoilov I. I., Rafikov A. S, Donorno-ak-septornыy mexanizm polimerizatsii, T., 2003.
Isroil Ismoilov.