POLIMERLAR (yun. polymeres — koʻp qismlardan tashkil topgan) — molekulalari (makromolekulalar) bir yoki bir necha turli koʻp sonli takrorlanuvchi guruxlar (monomer zvenolari)dan tashkil topgan yuqori molekulyar massali (bir necha mingdan bir necha milliongacha) kimyoviy birikmalar. Makromolekula tarkibidagi atomlar bir-biri bilan asosiy yoki koordinatsion valentlik kuchi vositasida bogʻlangan.
Polimerlar tabiiy — biopolimerlar (rksillar, nuklein kislotalar, tabiiy smoladar) va sintetik (polietilen, polipropilen, fenolformaldegid smolalar) P. ga bulinadi. Polimerlar bir xil struktu-rali zvenolar (mas, polivinilxlorid — SN2SNS1—) yoki oʻzaro navbatlashuvchi turli xossaga ega zvenolar (sopolimer) dan tashkil topgan boʻladi; vi-nilxlorid va vinilatsetat sopolimeri bunga misol boʻla oladi. Bir nechta kichik oddiy molekulalarning birikishidan hosil boʻlgan Polimerlar oligomerlar deb ataladi. Monomerning 2 mo-lekulasi qoʻshilishidan hosil boʻlgan molekula d i m ye r deyiladi. Bunday birikmalar oʻzining xossasiga koʻra, quyi va yuqori molekulali birikmalar oraligʻidagi oʻrinda turadi.
Polimerlar molekulalari polimerlanish va polikondensatlanish usullari bilan hosil qilinadi. 20-a. ning 2yarmidan boshlab Polimerlar sintezining yangi usullarini ishlab chiqildi, chunonchi: a) tayyor Polimerlarga biror yangi, qoʻshimcha monomerni kimyoviy «payvandlash». Bu tayyor Polimerlar molekulasining faollashishiga va erkin radikallar hosil boʻlishiga yordam beradi. Bunda Polimerlarning chiziqsimon molekulasiga polimerlanuvchi qoʻshimcha monomer yon tarmoqchasi «payvandlanadi»; b) ikki tayyor Polimerlar zanjirini kuchli mexanik taʼsir ostida uzib, makromolekula boʻlaklarini biriktirib, yangi makromolekulalar, yaʼni «blok polimerlar» xreil qilishi. Bu usullar polimer mahsulotlarining xossalarini (puxtaligi, kimyoviy bardoshliligi, elektr oʻtkazmaslik va h. k.) oʻzgartirishga imkon beradi.
Polimerlarning tarkibi va sintez usullariga koʻra, ulardan qattiq va elastik, puxta va moʻrt, issiq va sovuqqa chi-damli, kimyoviy taʼsirlarga bardoshli va h. k. xossaga ega boʻlgan mahsulotlar olish mumkin. Mahsulot hosil qilish uchun Polimerlarga toʻldirgichlar va b. moddalar qoʻshiladi. Polimerlarning muhim xu-susiyati shuki, ulardan shtampovkalash, presslash kabi oddiy usullarda buyumlar tayyorlash mumkin.
Polimerlar dastlab murakkab boʻlmagan moddalar, kumir va yogʻochni qayta ishlash mahsulotlari (mas, fenol, formalin va b.)ga asoslangan edi. Keyinchalik Polimerlar olish uchun neftni kayta ishlash mahsulotlari, tabiiy gaz, qattiq yoqilgʻilarni qayta ishlash mahsulotlari, yogoch va turli oʻsimlik xom ashyolari chiqindilari ishlatiladigan boʻldi. Xossasining yaxshiligi va xalq xoʻjaligiga keltiradigan foydasining kattaligi hamda xom ashyo zaxiralarining koʻpligi Polimerlarni keng koʻlamda i. ch. ga imkon berdi.
Polimerlar xossasiga koʻra, quyidagilarga boʻlinadi: kauchuklar — keng t-ra oraligʻida qayishqoklik xossasini yoʻqotmaydigan Polimerlar ; plastmassalar — yuqori t-rada yumshaydigan va keng t-ra oraligʻida juda puxta, qattiq, nisbatan qayishqoq Polimerlar ; sintetik tolalar — yuqori t-rada (180—200°) yumshaydigan va shu t-rada puxta ip boʻlib choʻziladigan Polimerlar ; lok va boʻyoqlar — yeyilishga chidamli, metall, yogʻoch va shishaga yopishadigan, atmosfera va mexanik taʼsirlarga chidamli P. Polimerlarning xossasi turlicha bulganligidan ular kora va rangli metallar, yogʻoch, tosh, suyak, shisha va b. urnida ishlatiladi. Baʼzi bir sintetik Polimerlar ion alma-shuvchi smolalar, qon plazmasi oʻrin-bosari sifatida, tuproqni strukturalashda va b. da qoʻllanadi.
Ad.: Askarov M. A., Jalilov A. T., Sintez ionogennыx polimerov, T., 1978; Ismoilov I. I., Jalilov A. T., Askarov M. A., Ximicheski aktivnыye polimerы i oligomerы, T., 1993; Maxsumov A. S, Ismoilov I. I., Polimernыye soli: sintez, svoystva, primeneniye, T., 2002.
Isroil Ismoilov.