POLIMETALL RUDALAR (poli… va metall) — qoʻrgʻoshin, pyx, mis va ku-mush sulfidlaridan iborat kompleks rudalar. Qaysi metallning kupozligiga qarab qurgʻoshin-ruxli, kumushqoʻrgʻoshinli rudalar deb ataladi. Polimetall rudalar endogen sharoitda gidrotermal eritmalarning kristallanishidan hosil buladi. Polimetall rudalar slanes, gneys, ohaktosh, tuf-slanes, granitoidlar orasida joylashib, turli kattalikdagi qatlamlar, tomirlar, shtok, rudali ustunlar va b. shakllarda buladi. Polimetall rudalar tarkibiga pirit, sfalerit, xalkopirit, galenit, baʼzan kumush, vismut va b. ning sulfidlari kiradi. Atmosferadagi havo va namlikning taʼsirida baʼzan birlamchi (sulfid) Polimetall rudalar ikkilamchi (oksidlangan) Polimetall rudalarga utishi mumkin. Bunday rudalarga serussit, anglezit, piromorfit, smitsonit, kalamin va b. minerallar kiradi. Oʻzbekistonda Polimetall rudalar konlari Chatqol, Qrramozor, Qurama togʻlarida, mamlakatning gʻarbiy va jan. qismida (Xondiza polimetall ruda koni) joylashgan. Shuningdek, RF (Ural, Oltoy), Qirgʻiziston, AQSH, Kanada, Avstraliya, Peru, Yaponiya, GFR, Ispaniyada Polimetall rudalar konlari bor. P. r. qoʻrgʻoshin, pyx, mis, kumush va b. me-tallar olish uchun asosiy manba hisoblanadi.