POLIMETALL RUDALAR

POLIMETALL RUDALAR (poli… va metall) — qoʻrgʻoshin, pyx, mis va ku-mush sulfidlaridan iborat kompleks rudalar. Qaysi metallning kupozligiga qarab qurgʻoshin-ruxli, kumushqoʻrgʻoshinli rudalar deb ataladi. Polimetall rudalar endogen sharoitda gidrotermal eritmalarning kristallanishidan hosil buladi. Polimetall rudalar slanes, gneys, ohaktosh, tuf-slanes, granitoidlar orasida joylashib, turli kattalikdagi qatlamlar, tomirlar, shtok, rudali ustunlar va b. shakllarda buladi. Polimetall rudalar tarkibiga pirit, sfalerit, xalkopirit, galenit, baʼzan kumush, vismut va b. ning sulfidlari kiradi. Atmosferadagi havo va namlikning taʼsirida baʼzan birlamchi (sulfid) Polimetall rudalar ikkilamchi (oksidlangan) Polimetall rudalarga utishi mumkin. Bunday rudalarga serussit, anglezit, piromorfit, smitsonit, kalamin va b. minerallar kiradi. Oʻzbekistonda Polimetall rudalar konlari Chatqol, Qrramozor, Qurama togʻlarida, mamlakatning gʻarbiy va jan. qismida (Xondiza polimetall ruda koni) joylashgan. Shuningdek, RF (Ural, Oltoy), Qirgʻiziston, AQSH, Kanada, Avstraliya, Peru, Yaponiya, GFR, Ispaniyada Polimetall rudalar konlari bor. P. r. qoʻrgʻoshin, pyx, mis, kumush va b. me-tallar olish uchun asosiy manba hisoblanadi.


Lotin alifbosida maqola: POLIMETALL RUDALAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: P harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
OLTIN RUDALARI
MINERAL
GIDROTERMAL KONLAR
QOʻRGʻOSHIN


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты