POLINEZ TILLARI

POLINEZ TILLARI — avstronez tillari oilasining alohida guruhi; Okeaniya tillaridan (jami 30 ga yaqin). Polineziyada (tub aholi tillari), shuningdek, Melaneziya va Mikroneziyaning chekka orollarida (tashki poli-nez tillari) tarqalgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy mikdori 1 mln. kishidan ortiq. Polinez tillari tonga (tonga va niue) tillari va asl polinez tillari guruhchalariga, asl polinez tillari esa samoa-tashki (samoa, tuvalu, tokelau, futuna, uvea, pukapuka, shuningdek, barcha tashki polinez tillari) va shar-qiy polinez tillariga (maori, gavay, taiti, rarotongo, rapanui, tuamotu va b.) ajratiladi.

Polinez tillari grammatik qurilishi jihatidan analitik tillardan. Fonetikasida 5 ta unli va 8 tadan 12 tagacha undosh tovush bor. Gapni tashkil etuvchi eng muhim birlik lugʻaviy maʼno bildiruvchi mustaqil soʻz hamda uning oldida yoki ortida joylashuvchi xilma-xil yordamchi (grammatik maʼno bildiruvchi) soʻzlar majmuidan iborat. Gapda soʻz tarti-bi bir qadar erkinroq: koʻp tillarda ega kesimdan keyin, baʼzilarida esa ran boshida keladi; aniqlovchi aniklanmishdan keyin keladi. Soʻz yasalishining keng tarqalgan turlari soʻz qoʻshish va soʻz takroridir.

Polinez tillari 19-a. gacha yozuvga ega boʻlmagan; 19-a. dan bir qancha adabiy Polinez tillari lotin alif-bosi asosidagi yozuvga ega boʻldi. 20-a. ning oʻrtalarigacha Polinez tillari yaxshi oʻrganilmagan. 20-a. Urtalaridan ushbu tillarni sinxron tarzda hamda qiyosiytarixiy oʻrganish boshlangan.

Anvar Ismoilov, Abduvahob Madvaliyev.


Lotin alifbosida maqola: POLINEZ TILLARI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: P harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



OKEANIYA
YER
TOSHKENT
XITOY
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты