POMIR — Oʻrta Osiyodagi yirik togʻli oʻlka. Asosan, Tojikiston (Togʻli Badaxshon muxtor viloyati) hududida, jan. dagi kichik qismi (Vahon tizmasining sharqiy qismi) Afgʻoniston hududida, sharqiy qismi esa Xitoy hududida joylashgan.
Pomirning shim. chegarasi Orqa Olay tizmasining shim. etagidan, jan. dagisi Panj va Vahondaryo, Vahon tizmasi hamda Toshqoʻrgʻon daryosining boshlanish qismidan oʻtadi. Sharqda Pomirga Sariqoʻl tizmasi (eng baland joyi 6351 m) va Qashqar togʻlari kiradi. Qashqar togʻlarining eng baland choʻqqilari — Qoʻngʻir (7579 m), Muztogʻota (7555 m), Oqsoyboshi (6148 m). Gʻarbda Pomirning chegarasi Panj daryosi, shim. – gʻarbida Pomirga Pyotr I va Darvoz tizmalari kiradi. Pomir kenglik boʻylab taxm. 300 km ga yaqin, meridian boʻylab 250 km ga choʻzilgan.
Relyefi. Pomir deyarli kenglik va meridian boʻylab choʻzilgan koʻplab tizmalardan tashkil topgan. U Tarim va Amudaryo xavzalarini bir-biridan ajratadi.
Pomirning shimoliy qismidagi Orqa Olay tizmasi kenglik boʻylab, gʻarbdan Qizilsuv va Muksuv daryolarining qoʻshilish qismidan sharqqa, Otchaylo choʻqqisigacha choʻzilgan. Oʻrtacha bal. 6000 m, eng baland joyi 7134 m. Orqa Olay tizmasining sharqiy qismida Qizilart dovoni (bal. 4280 m) joylashgan, undan Oʻsh—Xorugʻ avtomobil yoʻli oʻtadi.
Orqa Olay tizmasidan jan. da Pomir orografik jihatdan ikki qismga: Gʻarbiy Pomir va Sharqiy Pomirga boʻlinadi. Gʻarbiy Pomir bir qancha kenglik va jan.-gʻarbga choʻzilgan juda baland, bir-biridan chuqur, asosan, dara shakliga ega boʻlgan daryolar bilan ajralgan, alp tipli relyefga ega boʻlgan tizmalardan iborat. Tizmalar yon bagʻirlarida (asosan, 4000—4600 m balandliklarda) tekislangan yuzaliklarning qoldiqlari saqlanib qolgan, ular chuqur parchalangan. Gʻarbiy Pomirning eng baland tizmalari-ga, uning shim.-gʻarbidagi Pyotr I (eng baland joyi 6785 m), Darvoz (6083 m), Vanj (5584) tizmalari kiradi. Pyotr 1 va Vanj tizmalari sharkda kenglik boʻylab choʻzilgan Fanlar Akademiyasi tizmasi bilan tutashadi. Pyotr I va Fanlar Akademiyasi tizmalari tutashgan joyda bal. 7495 m li Somoniyon choʻqqisi joylashgan. Vanj va Fanlar Akademiyasi tizmalaridan jan. da Yazgʻulom (6974 m), Rushon (6080 m), Shugʻnon (5704 m), Shoxdara (6726 m), Gʻarbiy Pomirning jan.-gʻarbiy qismida deyarli meridian boʻylab choʻzilgan Ishkoshim tizmalari (6096 m) joylashgan. Ushbu tizmalarning nisbiy bal. (Panj daryosining oʻng irmoqlari oʻzanidan) 2000—3500 m. Gʻarbiy Pomir tizmalari yon bagʻirlarining nisbiy balandligi, tikligi, nurash jarayonlarining kuchliligi va kuchli zilzilalarning tez-tez boʻlib turganligi natijasida koʻplab surilmalar va qulashlar sodir boʻlishiga olib kelgan. 1911-y. da togʻ qulashi natijasida Sarez koʻli hosil boʻlgan.
Sharqiy Pomir yer yuzasining tuzilishi Gʻarbiy Pomir nikidan farqqiladi. Pomirning bu qismida togʻ tizmalari yassi tekislik koʻrinishdagi keng vodiylar va bal. 3500—4500 m li botiqlar (Rangkoʻl, Shoʻrkoʻl, Qorakoʻl va b.) orqali birbiridan ajralgan. Botiqlar va dare vodiylari tizmalarning nurashi natijasida hosil boʻlgan chagʻir tosh, xarsang tosh, shagʻallar, qad. muzliklar qoldirgan morenalar bilan toʻlgan. Shar-qiy Pomirda yillik yogʻin mikdori kam boʻlganligi sababli, erozion yemirilish kuchli emas. Pomirning bu qismida doimiy muzloqlar ham hosil boʻlgan. Sharqiy Pomirda Muzqoʻl (6233 m), Shim. Alichur (5929 m), Jan. Alichur (5706 m) va b. tizmalar deyarli kenglik boʻylab choʻzilgan, ularning nisbiy bal. 1200-1800 m.
Geologik tuzilishi. Pomir togʻlari alp burmalanish mintaqasiga kiradi. Ularning shim. qismi (Orka Olay tizmasining shim. yon bagʻri) yuqori perm, mezozoy va kaynozoy davriga mansub kristalli slanes, konglomerat, qum-tosh, gil, ohaktosh va vulkanogen jinslardan tashkil topgan. Markaziy kis-mi tektonik jihatdan sinklinal struktura boʻlib, paleozoy, mezozoy (trias, yura va quyi boʻr) davri choʻkin-di, metamorfl»ashgan,choʻkindivulkanogen togʻ jinslari bilan toʻlgan. Jan. Pomir antiklinal struktura boʻlib, juda qad. (arxey, proterozoy) togʻ jinslaridan (slanes, gneys, marmar va b.) tashkil topgan. Bu antiklinal baykal burmalanishidan keyin shakllangan, alp burmalanish davri int-ruzivlari b-n oʻzgartirilgan. Intru-zivlar Pomirning jan.-gʻarbiy qismida yer yuzasiga chiqib qolgan.
Pomir yangi tektonik qarakatlar natijasida gumbazsimon shaklda 6000 — 7000 m ga koʻtarilgan. Pomir oldi botigʻining gʻarbiy qismi esa bu harakatlar natijasida choʻkkan. Neogen vatoʻrtlamchi davrlarda Pomirning koʻtarilishi siklli xususiyatga ega boʻlib, unda, qad. muzliklar hosil boʻlishi, zilzilalarning tez-tez boʻlib turishiga olib kelgan.
Foydali qazilmalari. Pomirning foydali qazilmalari, asosan, kaynozoyning magmatizm va metamorfizm ja-rayonlari b-n bogʻliq. Foydali kazilmalardan togʻ billuri, nodir metallar, simob, bor, flyuorit, island shpati, lazurit, sochma oltin, boksit, kumir, tuz, mineral va termal suvlar, qurilish materiallari topilgan.
Iqlimi. Pomir subtropik iqlim mintaqasida joylashgan boʻlishiga qaramasdan, iqlimi uning dengiz sathidan balandligi, relyefi, kirib kelayotgan havo massalarining bir xil taqsimlanmaganligi bilan bogʻliq. Uning iqlimi, ayniqsa, sharqiy qismida, qurgʻoqchil, quyosh radiatsiyasi kuchli, t-ralar amplitudasi sutka va fasllar davomida katta. Pomirning shim.-gʻarbiy qismida joylashgan tizmalar (Pyotr I, Fanlar Akademiyasi) gʻarbdan kelayotgan nam havo massalarini toʻsib qoladi. Pomirda balandlik iqlim mintaqalari tashkil topgan. Gʻarbiy Pomirning baland qismlarida yillik t-ra 0° ga yaqin, hatto baʼzi bir qismlarida manfiy, daryo vodiylarida 15°. Dengiz sathidan 2100 m balandlikda yanv. ning oʻrtacha t-rasi — 7,4°. Iyulniki Xorugʻ sh. da 22°, eng yuqori t-ra 40°. Dengiz sathidan 4200 m balandlikda joylashgan Fedchenko muzligida eng past t-ra —31,4°. Iyulning oʻrtacha t-rasi 3,9°, eng yuqori t-ra 15,5°.
Sharqiy Pomirning iqlimi Gʻarbiy Pomir nikidan ancha farq qiladi. Yilning oʻrtacha t-rasi uning hamma qismida manfiydir. Qish uzoqdavom etadi, qor qoplami yupqa, kuchli shamollar boʻlib turadi. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi 3000 m balandlikda —17,8°, eng past t-ra —50° ga yaqin. Yozi qisqa, yoz kechalari t-ra koʻpincha 0° dan pastga tushadi. Iyulning oʻrtacha t-rasi 15°dan oshmaydi. Sharqiy Pomir balandtogʻ choʻlining tipik namu-nasi hisoblanadi. Pomir hududiga gʻarbdan nam havo massalari kirib kelganligi sababli, uning gʻarbiy va shim. – gʻarbiy qismlarida yegʻin koʻp, sharqiy qismida esa kam. Fedchenko muzligi joylashgan hududda (4000 — 5000 m) Fanlar Akademiyasi va unga yondosh tizmalarning gʻarbdan kelayotgan nam havo massalarini toʻsib qolishi oqibatida yillik yogʻin 2230—2500 mm dan oshmaydi, undan sharqroqsa joylashgan hududlarda yogʻin juda kam (63—73 mm), faqat baland mintaqalarda 1000 mm ga yetadi.
Daryo va koʻllari. Daryolari, asosan, Amudaryo, Sharqiy Pomirning sharqiy qismidan boshlanuvchi baʼzi daryolar Yorkend va Qashqar daryolari havzalariga kiradi. Eng yirik daryosi — Panj. Panjning oʻng irmoqlari: Gʻunt, Shoxdara, Bartang, Yazgʻulom, Vanj va b. Shim.gʻarbiy Pomirdan Vaxsh havzasiga qarashli Obixingov va Muksuv daryolarining yuqori oqimi oʻtadi. Bir necha daryolar Pomirning ichki havzasiga (Qora-jilgʻa, Muzkoʻl) va Tarim havzasiga (Markansuv) mansub.
Pomirda kelib chiqishi har xil (tektonik, toʻgʻon, muz) koʻllar mavjud. Bulardan yiriklari: Qorakoʻl, Sarkoʻl, Rangkoʻl, Shoʻrkoʻl, Zoʻrkoʻl, Yashilkoʻl, Sarez, Shadax va b.
Muzliklari. Pomir hozirgi zamon muzliklari keng tarqalgan hudud hisoblanadi. Ularning soni 7100 dan ziyod, may-doni esa 8400 km2 boʻlib, Pomirning 11% hududini egallagan. Pomirda bir necha yirik muzlik markazlari boʻlib, ular Fanlar Akademiyasi, Orqa Olay, Rushon, Shim. Alichur, Yazgʻulom, Pyotr I, Darvoz, Zulumart tizmalarida joylashgan. Pomirda qor chegarasi shim.-gʻarbda 4400 m dan, jan.-sharqda 5200—5250 m dan oʻtadi. Gʻar-biy Pomirda vodiy muzliklari keng tarqalgan. Yirik vodiy muzliklari: Fedchenko (uz. 77,4 km, mayd. 907 km2, Fanlar Akademiyasi tizmasida), Shim.gʻarbiy Pomirda — Grumm-Grjimaylo (37 km, 143 km2), Yazgʻulom tizmasida — Fortambek (19 km, 74,5 km2), Orqa Olay tizmasida — Geografiya jamiyati (24 km, 64,4 km2), Nura (13,9 km, 84,5 km2). Fanlar Akademiyasi tizmasi va blarda muzliklarning qalinligi 1000 m ga yetadi (Fedchenko muzligi). Pomirda vaktvaqgi bilan juda tez harakat kdluvchi (bir sutkada 100 m gacha) muzliklar (maye. Ayiq muzligi) Vanj daryosining yuqori oqimida mavjud. Sharqiy Pomirda muzlik kam, ularning uzunligi, maydoni katta emas. Pomirda muzliklarning bir necha turi (vodiy, daraxtsimon, turkiston, osilgan, yon bagʻir, tekis suvayirgich, karr, sirk) tarkib topgan. Toʻrtlamchi davrda Pomir bir necha marta muzlik bilan krplangan.
Tuproq-oʻsimlik qoplami. Pomirda balandlik tuproq-oʻsimlik mintaqalari shakllangan. Balandlik mintaqalari Gʻarbiy va Sharqiy Pomirda turlicha. Gʻarbiy Pomirda daraxt oʻsimliklari kam. Toshloq yon bagirlarda va morena tepaliklarida siyrak archa butazorlari uchraydi. Daryo qayirlarida terak, oq qayin, tol, naʼma-tak singari daraxt va butalar usadi. Daryo vodiylari choʻl, asosan, shuvoq oʻsimliklari b-n qoplangan. Yon bagʻirlarda siy-rak chala-choʻl togʻli kserofit va togʻ dasht oʻsimliklari tarqalgan. Gʻarbiy Pomirning shim. qismidagi balandtogʻ mintaqasi togʻ oʻtlokdari va oʻtloq-dasht oʻsimliklari b-n band. Bu yerlarda asosan, toʻngʻizsirt hukmronlik qiladi, jan. roqda esa kriofil (sovuqqa chidamli) past boʻyli va chala butalar, baʼzi joylarda alp past boʻyli oʻsimliklar oʻsadi.
Pomirning shim.-gʻarbida 1100 m dan 2400—2800 m gacha boʻlgan balandliklar oraligʻida, togʻ-oʻrmon jigarrang tuproqlarda zarang va yongʻoqzorlar uchraydi. Jan. yon bagʻirlarida archazor, bodom-zorlar, olma, shuningdek, butalar, me-zofil boshokdoshlar va b. oʻsimliklar oʻsadi. Subalp mintaqasida (2800 m dan 3000—3200 m gacha) togʻ-oʻtloq, kulrang, jigarrang va qoramtir tuproqlarda bo-shokli oʻtlokdar tarqalgan. Sharqiy Pomir iqlimining kontinentallashganligi sababli, tuproq va oʻsimlik qoplami shunga moye ravishda oʻzgaradi. Bu joylarda balandtogʻ choʻli va balandtogʻ toshloq landshaftlari hukmron, daraxt oʻsimliklari yoʻq. 3500—4200 m balandliklarda teresken, namgarchilik koʻproqjoylarda shuvoqli choʻllar va siyrak oʻtli baland-togʻ-dasht landshaftlarida betaga, chalov va b. oʻsimliklar oʻsadi. Toshloq joylarda yostiqsimon kserofitlar tarqalgan. Yuqoriroqda kriofil past boʻyli yostiqsimon oʻsimliklardan ostrolobki, akan-tolimona va b. lar oʻsadi. Sharqiy Pomirda balandchoʻl sargʻish tuproklar tarqalgan. Bu tuproklar orasida kam chirindili (0,6%) choʻl-taqir tuproklar uchraydi. Bulardan tashqari, shoʻrxoklar hamda ske-letli tuproklar ham bor. Namgarchilik moʻlroq joylarda boshokli oʻsimliklar va shuvoklar ostida chirindiga boyroq (1—2%) balandtogʻ choʻl-dasht qoʻngʻir tuproklar tarqalgan. Gʻarbiy Pomir dagi sugʻoriladigan yerlarda tok, oʻrik, olma, nok, yongʻoq, tut oʻstiriladi.
Hayvonot dunyosi. Pomir, ayniqsa, Sharqiy Pomir nisbatan hayvonot olamiga boy emas. Gʻarbiy Pomirda qobon, oʻrmon sonya-si, oʻrmon sichqoni, suvsar, silovsin, choʻl sichqonlari, jayra, togʻ echkisi, Oʻrta Osiyo togʻ tulkisi, ayiq, tibet boʻrisi, chiyaboʻri va b. hayvonlar, Shar-qiy Pomirda esa arxar, uzun dumli sugʻur, qizil pishchuxa, pomir quyoni va b. lar yashaydi. Qushlardan tibet ulari, Tibet suvbuldurugʻi, tibet qargʻasi, qor grifi, togʻ yoki hind gʻozi, daralarda kakliklar va kaptarlar uchraydi. Sud-ralib yuruvchilardan koʻlbor ilon va kaltakesaklar yashaydi.
Pomir qazilma boyliklardan tashqari, gidroenergiya va yaylov resurslariga boy. Gʻarbiy Pomirda dengiz sathidan 3500 m balandliklargacha arpa ekiladi. Pomirda alpinizm rivojlangan.
Pomir xoʻjaligi haqida Togʻli Badaxshon muxtor viloyati maqolasiga q.
Ad.: Baratov P., Mamatqulov M., Rafiqov A., Oʻrta Osiyo tabiiy geografiyasi, T., 2002; Gvozdeskiy N. A., Pamir, M., 1968; Zabirov R. D., Oledeneniye Pamira, M., 1955.
Murod Mamatqulov.