QON QUYILISHI

QON QUYILISHI — qon tomirlari oʻtkazuvchanlik xususiyatining oshishi yoki shikastlanib yorilishi natijasida organizm boʻshliqlari va toʻqimalarida qon toʻplanishi. Qon quyilishi qon tomirlari shikastlanganda, qonning ivuvchanligi buzilganda kuzatiladigan ichki qon ketishining oqibatidir. Qon quyilganda u toʻqimalarga singishi yoki bir joyda toʻplanib va gematoma hosil qilib toʻqimalarni chetga surib qoʻyishi mumkin. Quyilgan qon toʻqimalarda yalligʻlanish reaksiyasini hosil qiladi, ularni qon bilan taʼminlovchi mayda qon tomirlarini bosib qoʻyadi, natijada ogʻriq roʻy beradi. Teri va teri osti kletchatkasining qonga boʻkishi moʻmataloq paydo boʻlishiga olib keladi.

Oz miqdorda quyilgan qon toʻla soʻrilib ketadi. Qon quyilishining organizm uchun xavfliligi uning joylashgan joyiga bogʻliq. Mas, miya toʻqimasiga quyilgan qon muskullar, boʻgʻimlar boʻshligʻiga quyilgan qondan ancha kam boʻlsa ham, nihoyatda xavflidir. Qon quyilishini davolash uning joylashishi va paydo boʻlish sababiga koʻra (q. Gematoma, Insult, Lat yeyish) belgilanadi. Qorin boʻshligʻidagi koʻpayib boruvchi qon toʻplanishi Qon quyilishi emas, balki boʻshliqdan qon ketishi deyiladi, chunki bunday hollarda organizm uchun xavfli qon yoʻqotish (oʻtkir kamqonlik) bilan bogʻliq boʻlgan buzilishlar yuzaga keladi.


Lotin alifbosida maqola: QON QUYILISHI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Q harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
TOSHKENT
XITOY
BOSH MIYA
OGʻRIQ


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты