POP TUMANI

POP TUMANI — Namangan viloyatidagi tuman. 1926-y. 28 sent. da tashkil etilgan. 1930-y. dan Chust-Pop tumani nomi bilan atalgan. 1931-y. da, Chust tumani ajralib chiqqanidan keyin, Pop tumani deb atalib kelinmoqda. 1947—60 y. larda Namangan viloyati tarkibida, 1960—67 y. larda Fargona viloyatida, 1967-y. dek. dan yana Namangan viloyati tarkibida.

Pop tumani Namangan viloyati maydonining 43,8%, aholisining 9% ini va yaylovlarining asosiy qismini tashkil etadi. Tuman shim. dan Qirgʻiziston Respublikasining Jalolobod viloyati, sharqdan Namangan viloyatining Chust, Mingbuloq, jan. dan Far-gʻona viloyatining Buvayda va Dangʻara tumanlari, garbdan Tojikiston Respublikasining Asht tumani, Toshkent viloyatining Ohangaron va Boʻstonliq tumanlari bilan chega-radosh. Chegarasining uz. 344 km. boʻlib, shim. dan jan. ga Chatqol, Qu-rama tizmalaridan Markaziy Fargʻona tekisliklarigacha boʻlgan kengliklarni egallaydi. Mayd. 2,94 ming km2. Aholisi 170 ming kishi (2003). Tumanda 1 shahar (Pop), 5 shaharcha (Navba-hor, Oltinkon, Uygʻursoy, Chorkesar, Xalqobod), 10 qishlok, fuqarolari yi-gʻini (Madaniyat, Mamatjon Toshmatov nomli, Nayman, Paxtaobod, Pungan, Uygʻur, Pop, Umrzoqov, Chodak, Yangi-hayot) bor. Markazi — Pop sh.

Tabiati. Tuman hududi Fargona vodiysining shim. da, Namangan viloyatining shim.-gʻarbiy qismida, Qurama togʻ tizmalarining jan. yon bagʻri va Sirdaryo vohasida, geologik faol zonada joylashgan. Relyefi tekislik, adirlar va togʻlardan iborat boʻlib, jan. dan shim. ga koʻtarila boradi. Jan. da (Qoraqalpoq choʻlida) va Achchiqkoʻl massivida bal. 350—400 m, shim. da, Chatqrl togʻlarida esa 4000—4500 m ga yetadi. Sirdaryoning har ikki tomonidagi tekislik dehqonchilik qilinadigan asosiy yerlardir.

Iqlimi kontinental. Yozi issiq, uzoq, qishi nisbatan yumshoq va qisqa. Iyulning oʻrtacha t-rasi 27,8°, yanv. niki —2°, —9°. Yillik yogʻin 120—330 mm. Tumanda tez-tez shamol boʻlib turadi (tezligi sekundiga 1—4 m, baʼzan 24— 26 m ga yetadi). Tuman hududidan Sirdaryo, Shim. Fargʻona va Oxunboboyev nomidagi kanallar, tog oldi adirlaridan Cho-daksoy, Gʻovasoy, Jabborsoy, Olmossoy, Uygʻursoy, Tuzliksoy, Ugrijarsoy, Selgasoy, togʻlar orasidan Keng-koʻlsoy, Sansalaksoy, Rezaksoy va b. soylar oqib oʻtadi. Shuningdek, Qaznoq va Tavot koʻllari bor.

Tuman hududida tuproq va oʻsimliklar jan. dan shim. tomon oʻzgarib boradi. Sirdaryoning chap sohilidagi Karakal poq choʻlida koʻchma qumlar va qum barxanlari orasida shoʻrxoklar uchraydi. Oʻzlashtirilgan yerlarning tuprogʻi och tusli boʻz tuproklardir. Bu yerlarda yovvoyi oʻsimliklardan saksovul, izen, yantoq, qamish, yulgʻun va b. oʻsadi. Sir-daryo va b. daryolarning odoq va qayirlarida oʻtloqi-botqoq va toʻq tusli boʻz tuproklar uchraydi. Shoʻrxok va shoʻrtoblar ham bor. Bu yerlarda tol, turangʻil, yulgʻun, shoʻra, yalpiz, qoʻgʻa va b. oʻsimliklar oʻsadi. Adir zonasida shagʻal va chagʻir toshlar, jigarrang tuproqlar tarqalgan. Oʻsimliklari, asosan, efemer va efemeroidlardir. Togʻ zonasida yer yuzasi qoyalar va togʻ oʻtloq tuproqlari b-n qoplangan. Bu yerlarda yantoq, archa, togʻterak, yovvoyi olma, doʻlana kabi turli daraxt va butalar, shirach, betaga, shuvoq, isiriq va b. oʻsadi. Togʻ yaylovlaridan keng foydalaniladi.

Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, tojik, rus, tatar, ukrain, qirgʻiz, uygʻur va b. millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km2ga 58 kishi. Shahar aholisi 40,7 ming kishi, qishloq aholisi 129,3 ming kishi (2003).

Xoʻjaligi. Sanoat tuman iqtisodiyotida muhim oʻrin tutadi. Tumanda qurilish materiallari, yengil, paxta tozalash, oziq-ovqat sanoatlari asosiy tarmoqlardan hisoblanadi. Pop tumanida 11 sanoat korxonasi, shu jumladan, 3 ta qoʻshma korxona, avtokorxona va b. faoliyat koʻrsatadi.

Q. x. da paxtachilik yetakchi oʻrinda. Gʻallachilik, sholikorlik, mevachilik, tokchilik, polizchilik, sabzavotchilik, chorvachilik, asalarichilik, pillachilik ham muhim oʻrin tutadi. Tumanda 13 shirkat, 480 dan ziyod fermer, 13380 dexxon, 1 oʻrmon, 1 jamoa xoʻjaliklari, 3 q. x. korxonasi mavjud boʻlib, ularda 21,9 mingdan ortiq kishi meh-nat qilmoqdalar.

Pop tumanida jami sugʻoriladigan yer maydoni 39,3 ming ga, shu jumladan, 31 ming gektarga yaqini ekin maydoni boʻlib, 16,3 ming ga yerga paxta, 11,8 ming ga yerga don, 245 ga yerga kartoshka, 471,5 ga yerga sabzavot, 154 ga yerga poliz, 1922 ga yerga yemxashak ekinlari ekiladi (2002).

Tuman jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida 28,4 mingga yaki ni krramol (shu jumladan, 12 ming sigir), 59,4 mingga yaqin qoʻy va echki, 9,5 mingdan ziyod par-randa, 336 ot boqiladi (2002). Tumandagi kollektor-drenaj tarmoklarining uz. 778,2 km. Pop tumanida 2002/03 oʻquv yilida 38 umumiy taʼlim maktabida 39,5 ming oʻquvchi, 2 akademik litseyda 800 oʻquvchi, 5 kasb-hunar kollejida 2 mingga yaqin talaba taʼlim oldi. Tumanda 40 jamoat kutubxonasi (kitob fondi 504,7 ming asar), 17 klub, 3 stadion, 3 suzish havzasi, 35 sport zali ishlab turibdi. 111 jismoniy tarbiy jamoalari bor, 44,2 ming kishi sport bilan muntazam shu-gʻullanadi. 11 kasalxona (810 oʻrin), 23 ambulatoriya va poliklinika, 27 dorixona, 2 feldsher-akusherlik punkti, 16 qishloq vrachlik punktlarida 324 vrach (har 10 ming kishiga 20,9 vrach), 1652 oʻrta tibbiy xodim ishlaydi.

Pop tumanida 1931-y. 20 noyab. dan «Pop tongi» gazetasi chiqariladi.


Lotin alifbosida maqola: POP TUMANI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: P harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
TOSHKENT VILOYATI
TOJIKISTON
QIRGʻIZISTON
NAMANGAN VILOYATI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты