POPULYATSIYA

POPULYATSIYA (lot. populus — guruh, uyushma, xalq) — erkin chatisha oladigan (yoki chatishish imkoniyatiga ega boʻlgan), aniq yashash arealini egallagan va maʼlum darajada zamon va ma-konda bir-biriga oʻzaro taʼsir kursa-tadigan organizmlar guruhi. Populyatsiya dagi genetik oʻzgarishlar turlarning kelib chiqishi, yangi oʻsimlik navlari, hayvon zotlarini yaratish va b. asosini tashkil qiladi. «Populyatsiya» terminini daniyalik genetik V. Iogansen genetik ji-hatdan bir xil boʻlmagan individlar guruhini sof liniya (genetik jihatdan bir xil boʻlgan guruh)dan farq qilish uchun taklif etgan (1903).

Tabiatda Populyatsiyaning turli xil tiplari uchraydi: yopiq Populyatsiya (faqat bir-biri b-n juftlasha oladigan individlar gu-ruhi); panmiktik Populyatsiya (individlar juftlashishi juft tanlamasdan amalga oshadi); mendelcha Populyatsiya (bir geografik arealda tarqalgan, koʻpayish va b. xususiyatlari bir xil boʻlgan individlar majmui); izo gen P. genetik ji-hatdan aynan oʻxshash, yaʼni barcha lokuslar (xromosomaning bir gen joylashgan chiziqli uchastkasi) boʻyicha koʻpchilik hollarda gomozigota boʻlgan individlar guruhi; muvozanatlangan Populyatsiya — genlar chastotasi (takrorlanishi) mutatsion va seleksion tazyiqlar oʻrtasidagi muvozanatga asoslanib oʻzgarib turadi va tasodifiy juftlashish prinsipiga koʻra juftlashiщda hamda lokuslararo erkin rekombinatsiyalanishda genotiplarning amaldagi chastotasi nazariy kutilgan holatga moye keladi. Fanda mavjud boʻlgan ideal P. tushunchasi tabiatda uchramaydi va u faqat matematik mo-dellarda hisobga olinadi. Mas, zogʻo-ra baliq yirik koʻllarda 2 ta Populyatsiya hosil qiladi, ulardan biri qirgʻoq yaqinida yashab, mayda hayvonlar bilan oziklana-di va sekin usadi; ikkinchisi suvning chuqur qismida yashab, baliklar bilan oziqlanadi va tez oʻsadi; gʻoʻzaning yovvoyi turlari, shuningdek, ekiladigan navlari Populyatsiyasi harorat, yorugʻlik, suv rejimi, oziqlanish va b. ga nisbatan turlicha re-aksiyalar bilan xarakterlanadigan juda koʻp guruxlardan tashkil topgan.

Tabiatda Populyatsiya larning aralashib ketishiga geografik (suv havzasi, togʻ, oʻrmon, choʻl), biologik (jinsiy apparatning tuzilishida kuyikish va uya qurish, oʻsimliklarda gullash muddatida farq boʻlishi), ekologik (yashash muhiti — namlik, tuproq tarkibida farq boʻlishi) alohidalanish toʻsqinlik qiladi. Populyatsiya evolyutsiyaning eng kichik va asosiy birligi hisoblanadi. Chunki evolyu-sion jarayon P. ichida boshlanadi. Populyatsiya in-dividlari orasida doimo irsiy oʻzgaruvchanlik paydo boʻlib turadi. Jinsiy koʻpayish tufayli bu oʻzgaroʻvchanlik Populyatsiya individlari orasida tarqalib, uni geterogen qilib qoʻyadi. Populyatsiyada boradigan yashash uchun kurash va tabiiy tanlanish tufayli foydali oʻzgarishlarga ega boʻlgan individlar saqlanib qolib, nasl beradi. Bundan keyingi evolyutsi-on jarayonlarda Populyatsiya kenja turni hosil qiladi.

Ad.: Bigon M., Xarper J., Taun-send K., Ekologiya. Osobi, populyatsii i soobщyestva, v 2-tomax. Perevod s ang., M., 1989; Xoliqov P. va b. Biologiya, T., 1996; Mavlyanov O., Biologiya, T., 2003.

Abdukarim Zikiryoyev, Ochil Mavlonov.


Lotin alifbosida maqola: POPULYATSIYA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: P harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
GEOGRAFIYA
XITOY
FRANSIYA
XALQ IJODI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты