PORTLASH

PORTLASH — oniy vaqtda chegaralangan hajmda katta miqdorda energiya ajralib chiqish jarayoni. Maʼlum xajmni egallab turgan modda P. natijasida energiya ajratib, atrofdagi muhitni juda katta kuch bilan harakatga kelti-ruvchi yuqori bosimdagi qizigan gazga aylanadi. Portlash qattiq jismda uning yemirilishi va parchalanishi bilan kuzatiladi. Muhitningt-rasi, zichligi, bosimining keskin koʻtarilishidan yuzaga kelgan harakat P. toʻlqini deyiladi. Bu toʻlqin muhitda juda katta tezlik bilan harakatlanadi. Portlash vakuumda yuz bersa, Portlash energiyasi turli tomonga katta tezlik bilan uchib chikadigan portlovchi moddalarning kinetik energiyasiga aylanadi va atrofdagi turli obyektlarga nisbatan mexanik taʼsirni yuzaga keltiradi. Portlash joyidan uzoklashgan sari P. toʻlqinining taʼsiri kuchsizlana boradi. Energiya manbainingtabiati va u qanday yoʻl bilan ajralib chiqishiga qarab Portlash bir necha turga boʻlinadi. Kimyoviy portlovchi moddalar kimyoviy boʻlinish xossasiga ega; bunda molekulalararo bogʻlanish energiyasi issiqlik energiyasi sifatida ajralib chikali. Portlovchi moddalar uchun t-ra oshishi kimyoviy boʻlinish tezligini ifodalaydi. Nisbatan past t-rada kimyoviy boʻlinish juda sekin yuz bera-di, natijada portlovchi modda bilan atrof muhit orasida issiklik muvoza-nati yuzaga keladi. Agar ajralib chiquvchi issiklikning moddadan tashqariga chiqib ketmasligiga sharoit yaratilsa, t-ra oshishi bilan kimyoviy boʻlinish jarayoni tezlashadi, bunga issiqlik ajratib portlash deyiladi. Yana shunday Portlash jarayoni borki, bunda kimyoviy oʻzgarish portlovchi modda boʻylab birin-ketin qatlamdan qatlamgatoʻlqin koʻrinishida tarqaladi. Moddaning ol-dingi holatidan juda yuqori bosimli va t-rali holatga keskin oʻtishini taʼminlovchi bunday toʻlqin zarba toʻlqinidir (yana q. Detonatsiya).

Moddalarning fundamental oʻzgarishlari bilan bogʻliq boʻlgan yadro P. lari ham mavjud. Bu P. atom yadrosiningtarkibiga kiruvchi elementar zarra (proton, neytron) larning bogʻlanish energiyasi ajralib chikishiga asoslangan. Modda ato-mi yadrosining parchalanishi natijasida nisbatan yengil yadroli elementlar hosil boʻladi. Yadrolarning parchalanishi natijasida hosil boʻlgan yangi neytronlar boshqa yadrolarning parchalanishiga olib keladi va, nixryat, parchalanish soni juda tez usadi. Shunday oʻz-oʻzini tezlatuvchi jarayonga zanjir reaksiyasi deyiladi. 100 kg uran yoki plutoniy yadrolarining parchalanishi uchun kerakli vakt 10~6 s ni tashkil kiladi. Boshkariladigan zanjirli yadro reaksiyasi yadro reak-torida amalga oshiriladi.

Katta mikdordagi energiya ajralib chikadigan yadro reaksiyasining yana boshka turi — yengil yadrolar sintezi reaksiyasi. Yuqori t-rada yuz beruvchi sintez jarayeni termoyadro reaksiyasi deyiladi. Deyteriy yadrosining (vodorod izotopi 2N) sintezida shuncha massadagi uranning parchalanishida ajralib chiqadigan energiyadan 3-marta koʻp energiya ajralib chiqadi. Sintezga kerakli t-raga erishish uchun uran va plutonning yadro reaksiyasidan foydalaniladi. Yuqorida koʻrsatilgan Portlash turlarida ajralib chiqadigan energiya moddalarning molekulyar va yadro bogʻlanish energiyasidir. Portlashning yana shunday turlari borki, ularda ajralib chiqadigan energiya tashqi manbadan yuboriladi. Shunday Portlashga misol qilib muhitning kuchli elektr razrya-dini olish mumkin. Bunda elektr energiyasi razryadli oraliqda muhitni yuqori t-ra va bosimli ionlashgan gazga aylantiruvchi issiqlik koʻrinishida ajralib chiqadi. Fokuslantirilgan lazer nurini jismga taʼsir qildirish yoʻli bilan ham Portlash hodisasini hrsil qilish mumkin.

Tabiatda Portlashni hosil qiladigan juda koʻp hodisalar mavjud. Chaqmoq vaqtida atmosferadagi elektr razryadlari, vulqonlarning toʻsatdan otilishi, yirik meteoritlarning yer yuziga tushishi turli Portlash larga misol boʻla oladi. Tungus meteoritining (1907) Yerga tushishi natijasida yuz bergan portlashda ~107 t trinitroluolning portlashida hosil boʻladigan energiyaga teng energiya ajralib chiqqan.

Kimyoviy portlovchi moddalar buzish ishlarida asosiy vosita hisoblanadi. Yadro Portlash larining buzish qobiliyati yuqori. Bitta yadro bombasining Portlash idagi energiya 10 mln. t kimyoviy portlovchi moddaning energiyasiga ekviva-lentdir.

Portlash ilmiy tadqiqot ishlarida ham keng qoʻllaniladi. Portlash gaz, suyuqlik va qattiq jismlarning yuqori bosim va t-radagi xususiyatlarini tekshirishda, fizikaning nomuvozanat jarayonlarida — turli muhitlarda massa, energiya va impulslarning uzatilishini, moddalarning faza oʻtishlari mexanizmlarini, kimyoviy reaksiya va b. hodisalarni oʻrganishda juda muhim. Portlash foy-dali qazilmalar joylashgan yerni aniklash va ularni ochishda, yoʻl, toʻgʻon va togʻlardagi tonnel qurilishlarini bajarishda Portlash jarayonidan keng foydalaniladi (q. Portlatuv ishlari).


Lotin alifbosida maqola: PORTLASH haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: P harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



OKEAN
KIMYO
ENERGIYA
HAYOTNING PAYDO BOʻLISHI
QATTIQ JISM


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты