PORTRET

PORTRET (frans. portrait — tasvir) — 1) tasviriy sanʼat janri; real hayotda mavjud boʻlgan yakka, ikki yoki bir guruh kishilar, rassom tasavvurida paydo boʻlgan xayoliy qiyofalarning tasviri. Rangtasvir, haykaltaroshlik, grafika, shuningdek, foto sanʼatining muhim janrlaridan biri. Portret asosida aniq shaxsning qiyofasini aba-diylashtirish yotadi. Portretning muhim tomoni tasvirning tasvirlanuvchi (model, asli) ga aynan oʻxshashligidir. Ijodkor Portret orqali tasvirlanuvchi shaxsning maʼnaviy dunyosini, ijtimoiy hayotdagi oʻrnini, kasbi, jamiyatdagi mavqeini aks ettiradi va uning shu jihatlari orqali davr xususiyati, siyosiy iqtisodiy ahvol haqida maʼlumot bera oladi. Rassomning kasbiy maho-rati, Portret ishlash uchun tanlagan materiallari esa uning yaratgan asarlariga takrorlanmas oʻziga xoslik baxsh etadi. Tarixan Portretning xilma-xil tur va koʻrinishlari shakllangan: ishlanish usuli, bajaradigan vazifasi, shakli, mazmuniga koʻra, dastgoh (kartina, byust, grafika varagʻi) va monumental (monu-mental xdykal, freska, mozaika), tan-tanavor parad va intim, xajviy, satirik Portret tarzida tasvirlanuvchining faqat bosh qismi, beligacha, butun boʻybasti bilan old va yon tomonidan ishlanishi mumkin. Shuningdek, turli tarixiy davrlarda nishon, tanga, medallar yuzasiga (medal yasash sanati) ishlangan, gemma (gliptika), medalyonlarda miniatyura P. kengtarkalgan. Portret janridagi bir asarda koʻpincha bir necha janrlar qoʻshilishi mumkin. Portretda tasvirlanuvchi sof holda (zaminsiz, yaʼni atrof muhitni aks ettirmasdan), tinch xrlatda yoki biror faoliyati bilan maʼlum muxitda ishlanishi mumkin. Shu tu-fayli shartli ravishda Portretni Portret va P. – kartina (janrli Portret)ga ajratiladi. Portretning keng tarkalgan turlaridan biri — avtoportret. Tasvirlanayotgan kishilar soniga koʻra, yakka, qoʻshaloq va guruh Portret larga boʻlinadi.

Portret sanʼati qadimda paydo boʻlgan. Qad. Misrda Portretning noyob namunalari (hay-kaltaroshlikda — Exnaton, Nefertiti va b. haykallar) yaratiladi. Yunonistonda shoir, faylasuf va davlat ar-boblarining umumlashma, ideallashtirilgan haykal P. lari ishlandi (haykaltarosh Alopekli Demetriy, Lisipp va b.), ellinizm davrida dramatik obrazlar yaratishga intilish kuchaydi. Antik davr xaykaltaroshlik Portreti Qad. Rim sanʼatida yuksak choʻqqisiga koʻtarildi, aniq shaxsga eʼtibor oshdi. Portretda shaxsning individual fazilatlarini aniq koʻrsatish, ruhiy kechinmalarini ochish jarayoni sezilarli oʻrin egalladi, qaykal va byustlar bilan bir katorda tanga va medallar, gemmalarga Portret, shuningdek, rangtasvir Portret ishlash keng tarqaldi. Dastgoh Portret ining rangtasvir namunalari boʻlgan fayyum P. lari (Misr, 1—4-a. lar) ham antik sanʼat anʼanalari taʼsirida rivojlandi.

Oʻrta asrlarda qatʼiy liniy krnunlar bilan cheklangan Portret cherkov-meʼmoriy ansamblining ajralmas qismiga aylandi. Ijodkorlar Portretda podsho, din axllarining obrazlarini yaratdilar, diniy mazmundagi Portret larda aniq shaxslarning fazilatlari, xususiyatlarini ifodaladilar. Oʻrta asrlar xitoy ustalari asarlarida aniq shaxslar koʻpincha oʻziga xos fazilatlari b-n, yapon rassom va haykaltaroshlarining ayrim Portret larida oʻtkir psixologik holat aks ettirildi.

Uygʻonish davrida Portretning rangtasvir, haykaltaroshlik va grafika turlari yuksak taraqqiy etdi. Faol, oʻz qadr-qimmatini biladigan qoʻrqmas, jasur inson qiyofasi bu davrning bosh qahramoniga aylandi. Borliqni ilmiy asosda oʻrganish va shu bilimlarni amaliyotda qoʻllashga intilishlar Portretning yangi tizimini yuzaga keltirdi. Endilikda tasvirlanuvchi noreal makon va muhitda emas, balki insonga yaqin boʻlgan tabiat qoʻynida aks ettirildi.

Monumental rangtasvir asarlaridagi personajlar orasida rassom oʻzining qiyofasini ham ishlay boshladi. Bu jarayon keyingi davr sanʼatida yanada rivojlantirildi (rassom Jotto, Mazachcho, A. del Kastanyo, D. Girlandayo, S. Bottichelli, Pyero dela Francheska, J. Bellini; haykaltarosh N. Pizano, Donatello, A. Verrokkyo; dastgoh haykaltaroshligida Deziderio da Settinyano, Antonio Rossellino; medallarda A. Pizanello).

Yuksak Uygʻonish davri buyuk ijodkorlari Leonardo da Vinchi, Rafael, Jorjone, Titsian, Ya. van Eyk, Rogir van der Veyden, A. Dyurer, Katta Lukas Kranax, Kichik Xolbeyn va b. P. dagi obrazlar mazmunini chuqurlashtirdilar, 17-a. ga kelib demokratik karashlarning ortib borishi insonga chuqur muhabbat b-n sugʻorilgan, nozik his-tuygʻularni anglash va tasvirlashga qaratilgan toʻlaqonli va harakatga boy Portretlarni maydonga keltirdi, guruh Portret rivojlana boshladi (Rembrandt, Xale va b.). Avtoportret shu izlanishlar mahsulidir, rassom inson ruhida boʻladigan oʻzgarishlarni oʻz qiyofasida, qarash, yuzdagi mimik oʻzgarishlarda ifodalashga harakat qildi. 18-a. P. ida shaxsning ijtimoiy mavqei, jamiyatdagi oʻrni haqqoniy aks eta boshladi (Fransiyada — J. B. S. Sharden, J. A.

19-a. P. sanʼati uslublarga boy va rang-barang. Klassitsizm, romantizm, tanqidiy realizm shu davrda ishlangan Portret largataʼsir etdi. Inqilobiy ruh bilan sugʻorilgan (J. L. David), koʻtarinki romantik ruhda ishlangan (T. Je-riko, E. Delakrua. O. A. Kiprenskiy, K. P. Bryullov), kinoyaga boy (F. Goyya) asarlar Portret sanʼatini va uning rang-barangligini namoyon qiddi. 19-a. oxirgi choragida Portretda tasvirlanuvchining ruhiy holatlarini tabiat bilan bogʻlay boshladilar. Portretda ham impressionistlar (E. Mane, O. Renuar, O. Roden va b.), postimpressionistlar (P. Sezann, Van Gog) tasvirlanuvchining oʻzgarmas shakli orqali uning toʻlaqonli obra-zini yaratishga, shakllar harakatida dramatik holatlarini koʻrsatishga intildilar. 20-a. P. sanʼati murakkab va ziddiyatlidir. Bir tomonda realistik Portret oʻz imkoniyatlarini yanada chukurlashtirib, inson feʼlidagi butun nozik oʻzgarishlarni toʻliq ochishga, uning falsafiy-dunyoviy oʻy-xayollari, tasavvur va taxminlarini aks ettirishga, uning plastik tomonlarini kuchaytirishga intilsa (Germaniyada — K. Kol-vis, E. Barlax; Fransiyada — Sh. Des-pyo, GG. Pikasso, A. Matiss; Italiyada Modilyani, R. Guttuzo; Meksikada — D. Rivera, D. Sikeyros; AQSHda — E. Uayet; Yaponiyada — Seyson Maeda; Rossiyada I. D. Shadr, M. V. Nesterov. P. D. Korin va b.), ikkinchi tomonda shu davrda keng yoyila boshlagan modernizm uslubi Portretga oʻz taʼsirini oʻtkazdi. Bu yoʻnalish tarafdorlari shu bo-rada tajriba ishlarini olib borib shakl, chiziq, rang, faktura imkoniyatlaridan foydalangan holda obraz yaratishga harakat qildidar.

Sharq (Oʻrta Osiyo, Afgʻoniston, Eron, Hindiston va b.) miniatyura sanʼatida Portretning nodir namunalari yaratilgan (Rizo Abbosiy va b.). Jumladan, oʻzbek Portret sanʼati ham boy tarixga ega. Bu sanʼat namunalari qad. va oʻrta asrlar sanʼatida uchraydi (Yunon-Baq-triya, Xorazm, Kushan podsholarining haykal va tanga yuzalariga ishlangan boʻrtma tasvirlari), Amir Temur va te-muriylar, Shayboniylar hamda Boburiylar davri sanʼati (Kamoliddin Behzod, Mahmud Muzahhib, Muhammad Murod Samarqandiy va b.) dagi mini-atyuralarda maʼlum darajada taraqqiy etgan. Nafis (moʻjaz rasm) miniatyura taraqqiyoti davomida bir asar ustida bir necha sanʼatkorlar ijodiy hamkorlik qilgan, kishilar qiyofasi, yuzini tas-virlovchi musavvir nomiga chehrakushoy (yuzni ochuvchi) yoki chexra soʻzi qoʻshilgan. Ayniqsa, boburiylardan Akbar va Jahongir davrida ayrim shaxslar tas-viri bilan birga guruh (koʻplab ayonlar ishtirokidagi) Portret yaratish taraqqiy etgan. Ushbu Portret lardan keyinchalik yevropalik rassomlar (Rembrandt, J. Reynolds va b.) maʼlum darajada oʻrgangan, ilhomlangan. 20-a. ning 30— 50-y. laridan zamonaviy rangtasvirdagi Portret rivojlandi. Shu davrda Portretning hamma koʻrinishlari (P., avtoportret, guruh Portret, P. – kartina, tarixiy Portret va h. k.)da asarlar yaratildi. Bahrom h&ыsamhhy, L. Nasridsinov, Sh. Hasanova, A. Ab-dullayev, Oʻ. Tansiqboyev, M. Nabiyev va b. P. ning dastlabki namunalarini yaratdilar, 50— 60-y. lardan Portretning diqqatga sazovor namunalari yaratildi: «Uzbek portreta» (Oʻ. Tansiqboyev, 1927), «Alisher Navoiy» (V. Kaydalov, 1940, 1947), «Abu Rayhon Beruniy» (M. Nabiyev, 1950, 1972), «M. Turgʻunboyeva» (Ch. Ahmarov, 1951), «Yunus Raja-biy» (N. Qoʻziboyev, 1954), «Keksa kol-xozchi portreti» (R. Ahmedov, 1956), «Hamza» (M. Saidov, 1968) va b. Bugungi kunda uzbek Portret chiligi jahon sanʼati rivoji fonida oʻz mavqei va oʻrniga ega. B. Jalolov, A. Ikromjonov, S. Raxmetov va b. ning asarlarida zamon ruhi Sharq va Gʻarb sanʼati anʼanalari sil-silasida oʻz aksini topgan.

2)Badiiy adabiyot — personaj tashqi qiyofasining tavsifi, tas-viri; badiiy obraz yaratish vositalaridan biri. Portret xarakteri asar janriga hamda yozuvchining ijodiy metodi va individual uslubi xususiyatlariga boglik boʻladi. Odatda, Portret personaj xa-rakterining yozuvchi eng muhim deb hisoblagan jihatlarini ochib beradi. Portret adabiyotda qadimdan mavjud. Tasvir vositasi sifatidaoʻzgarib takomillashgan. Xalq ogʻzaki ijodida inson individu-achlashgan shaxs sifatida tasvirlanmaganligi uchun uning Portreti ham koʻpincha mavhum, umumiy xarakterga ega. Folklorda Portret mifologik, fantastik yoki anʼanaviy tarzda yaratiladi. Shuning uchun aniq ijtimoiy, tarixiy, milliy va individual belgilardan mahrum boʻladi. Mac, «Alpomish» dostonida devlar Portreti mubolagʻa bilan berilgan: Toʻqson qarich edi uning hassasi, Sarhovuzdan katta edi kosasi.

Qad. gʻarb va sharq adabiyotlarida ham Portret koʻpincha mavhum, anʼanaviy xarakterda boʻlgan. Mac, gʻazallarda yorning tashqi qiyofasi oy, quyosh, yulduz, tun va kun kabi narsalarga nisbatda kursatilgan. Realist yozuvchilar tashqi qiyofani batafsil tavsiflaydilar, unda davr va hayot tarzi bilan bogʻliq holda roʻy bergan oʻzgarishlarni aynan aks etti-radilar (mas, Abdulla Qodiriy, Oy-bek). 19-a. da Portretning ichki yoki psixologik (ruhiy) Portret deb atalgan turi tarqalib, unda personajning xarakteri — belgilari va ruhiy kechinmalari majmui ochib beriladi (Abdulla Qah-xrr, Odil Yoqubov). Adabiy Portret — atoqli shaxs, yaʼni yozuvchi, rassom, jamo-at arbobining hayoti va ijodi haqidagi ocherk alohida janr xisoblanadi Neʼmat Abdullayev, Abdumajid Madraimov.


Lotin alifbosida maqola: PORTRET haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: P harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



HAYKALTAROSHLIK
RANG-TASVIR
FRANSIYA
ROSSIYA
TASVIRIY SANʼAT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты