QORA QOʻNGʻIZLAR

QORA QOʻNGʻIZLAR — qattiqqanotlilar turkumiga mansub qoʻngʻizlar oilasi. 12 mingdan ortiq turi bor. Oʻrta Osiyoda koʻpgina turlari tarqalgan. Tanasining uz. 2—50 mm; qoʻngʻizlarining rangi koʻpincha qora (nomi ham shundan), baʼzan qoʻngʻir; dumaloq, tayoqchasimon shakllarda. Yon tomonlari qirrali, oldingi juft oyoqlari kuchli rivojlangan, boshi boʻrtib chiqqan, panjasi oddiy tirnoqli. Koʻpchilik qoʻngʻizlarning ust-qanoti chok boʻylab qoʻshilib oʻsgan, orqa qanoti yoʻq, uchmaydi. Lichinkasi uzun, chuvalchangsimon, sariq, koʻrinishi simqurtga oʻxshash (q. Soxta sim-qurtlar). Qoʻngʻizlari va lichinkasi qishlaydi. Qoʻngʻizlari erta bahordayoq paydo boʻladi. Odatda, kechasi faol. Tuxumini tuproqqa (300 tacha) qoʻyadi. Lichinkasi tuproqda 18 oy hayot kechiradi. Ikki yilda bir avlod beradi. Koʻpgina Qora qoʻngʻizlar (mas, qumloq sustkashi, makkajoʻxori sustkashi, dasht sustkashi) sabzavot, texnika va b. ekinlar zararkunandasi. Boshqa turlari esa ombor va tegirmondagi gʻamlab qoʻyilgan oziqovqatlarga, paxta tozalash zavodlaridagi mahsulotlarga zarar keltiradi (mas, mitalar). Yana q. Ombor zararkunandalari).


Lotin alifbosida maqola: QORA QOʻNGʻIZLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Q harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
MAKKAJOʻXORI ZARARKUNANDALARI
XITOY
TOSHKENT
YAPONIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты