QORAKOʻLCHILIK VA CHOʻL EKOLOGIYASI INSTITUTI

QORAKOʻLCHILIK VA CHOʻL EKOLOGIYASI INSTITUTI, Oʻzbekiston qorakoʻlchilik va choʻl ekologiyasi ilmiy tadqiqot instituti — qorakoʻlchilik sohasidagi yirik ilmiy markaz. Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi ilmiyishlab chiqarish markazi tarkibida. Samarqand sh. da joylashgan. 1930-y. 26 okt. da Kattaqoʻrgʻon st-yasi asosida mintaqaviy qorakoʻlchilik tajriba st-yasi tashkil qilindi. 1935-y. da tajriba st-yasi Oʻzbekiston qorakoʻlchilik i. t. institutiga aylantirildi, 1939-y. dan Butunitti-foq qorakoʻlchilik i. t. in-ti. 1992-y. iyundan Oʻzbekiston qorakoʻlchilik i. t. in-ti, 2000-y. apr. dan hoz. nomda.

In-t tarkibida (2005): qora rangli qorakoʻl qoʻylari seleksiyasi va tovarshunoslik; rangli qorakoʻl qoʻylar seleksiyasi, zot monitoringi va mahsulot i. ch. ; qorakoʻl qoʻylari biotexnologiyasi va choʻl-yaylov hayvonlari ekologiyasi, qorakoʻl qoʻylarni suv bilan taʼminlash va oziqlantirish; choʻl yaylovlarining ekologik monitoringi, choʻl oʻsimliklari introduksiyasi, seleksiyasi va urugʻchiligi, galofit oʻsimliklar; choʻlda ozuqa i. ch., tuyachilik, echkichilik; qorakoʻlchilik menejmenti va marketingi; markaziy tahlil ilmiy-axborot lab. lari, tajriba-konstruk-torlik byurosi bor. Ilmiy-texnika kutubxonasi, qorakoʻl terilari muzeyi, aspirantura boʻlimi faoliyat koʻrsatadi. Ilmiy tadqiqotlar shart-nomalar asosida 30 ta naslchilik z-dlari va naslchilik xoʻjaliklarida, 1 tajriba st-yasida, 2 tayanch punktida va 4 tajriba dalalarida olib boriladi. In-tda seleksiya-naslchilik tizi-mi, terilarning tovar sifatlarini baholash tizimi va ularni navlash standartlari, qoʻylarni qayta urchi-tish biotexnologiyasi, toʻsiqli madaniy yaylovlar yaratish, qoʻy goʻshti va qorakoʻlcha i. ch. xoʻjaliklarida qari qoʻylarni boʻrdoqiga boqish texnologiyasi, artezian suvlari manbalarida va hosildorligi yaxshilangan yerlarda yem-xashak i. ch. texnologiyasi va b. boʻyicha muhim ilmiy ishlanmalar bajarilgan. Qorakoʻl qoʻylarining 27 yuqori mahsuldor z-d tiplari, choʻl ozuqa oʻsimliklarining 15 navi yaratildi. In-t xodimlarining ilmiy ishlari, yutuklari uchun 97 mualliflik guvoh-nomalari va patentlar olingan.

In-t faoliyati V. M. Yudin, Ye. V. Odinsova, M. A. Koshevoy, A. M. Lisov, R. G. Valiyev, M. D. Zokirov, R. M. Chalbash, Z. Sh. Shamsutdinov, I. B. Atakurbanov, S. Yu. Yusupov, M. Mahmudov va b. olimlarning nomlari bilan bogʻliq. Intning qorakoʻlchilikni rivojlantirishdagi katta ilmiy yutuqlari uchun olimlardan I. N. Dyachkov, V. I. Stoyanovskaya, F. Sharafiddinov, M. A. Koshevoy, P. A. Fadenchev va b. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofotiga sazovor boʻlgan (1970). In-tda 62 ilmiy xodim, shu jumladan, 2 fan dri, 32 fan nomzodi ishlaydi (2005). Ilmiy ishlar toʻplamlari, ilmiy-amaliy anjumanlar materiallarini nashr etadi. In-t Xalqaro qurgʻoqchilik mintaqalarida q. x. boʻyicha tadqiqotlar ilmiy markazi (IK ARDA), AQSH qishloq xoʻjaligi departamenti, Rossiya chorvachilik, Rossiya ozuqa, Qozogʻiston qorakoʻlchilik i. t. intlari bilan ilmiy hamkorlik qiladi.

Surʼat Yusupov.


Lotin alifbosida maqola: QORAKOʻLCHILIK VA CHOʻL EKOLOGIYASI INSTITUTI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Q harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
XITOY
FRANSIYA
TURKIYA
QOZOGʻISTON


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты