PRIMATLAR

PRIMATLAR (Primates) — yuksak sut emizuvchilar turkumi. Primatlar ajdodlari qadimgi hasharotxoʻrlar. 200 dan ortiq turi bor, 2 ta kenja turkum: chala maymunlar, haqiqiy maymunlarga boʻlinadi. Uz. 13—15 sm dan (sichkrnsimon lemur, 1,75 m gacha va undan uzunroq (gorilla). Vazni 60 g dan 180 kg va undan ortiqroq. Primatlarning tuzilishi ular aj-dodlarining daraxtda yashaganligidan dalolat beradi. Ular, asosan, 5 barmoqli; bosh barmogʻi boshqasiga qaramaqarshi qoʻyilgan; oldingi oyoklari juda harakatchan. Koʻpchilik Primatlarning tirnoqlari yassi; kaft va tovoni terisida har bir hayvonning oʻziga xos chiziqlar boʻladi. Badani har xil rangli yung bilan qoplangan. Koʻpchilik turlarining dumi bor. Bosh miyasi, eshitish va koʻrish organlari yaxshi, hid bilish organi kucheiz rivojlangan. Katta yarim sharlar sirtida egatchalar va pushtachalar bor; bosh miya yarim sharlari poʻstloq qismining ensa (koʻrish boʻlagi), peshona va chakka (muskul harakati va ovoz apparatini boshqaradigan markazlar) xamda tepa va oldingi assotsiativ zo-nalar ayniqsa, yaxshi rivojlangan. Miya hajmining yiriklashuvi va oldingi oyoklar funksiyasining murakkablashuvi jagʻlarning qisqarib, bosh qismining yuzga nisbatan kichrayishiga olib kelgan. Asosan, tropik va subtropik oʻrmonlarda tarqalgan. Gala yoki oila boʻlib hayot kechiradi. Primatlar ancha mu-rakkab xatti-harakatlar, imo-ishora va ovozlar yordamida oʻzaro muloqot qiladi. Asosan, kunduzi hayot kechiradi. Aralash, koʻproq oʻsimlik bilan oziklanadi. Yil davomida koʻpayadi, 1—3 tadan bola tugʻadi. Boʻgʻozlik davri 4—10 oy. Sut bezlari 1 juft, 20—30 yil umr koʻradi. Yashash sharoitining oʻzgarishi tu-fayli soni tez kamayib bormoqda. 62 turi va kenja turlari Xalqaro Kizil kitobga kiritilgan.


Lotin alifbosida maqola: PRIMATLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: P harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ODAM
MAYMUNLAR
YER
BOSH MIYA
SUT EMIZUVCHILAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты