QORACHOY-ChERKASIYA

QORACHOY-ChERKASIYA, QorachoyCherkasiya Respublikasi — Rossiya federatsiyasi tarkibidagi respublika. Rossiya Yevropa qismining jan. da joylashgan. Mayd. 14,1 ming km2. Aholisi 439,7 ming kishi (2002). Poytaxti — Cherkessk sh. Maʼmuriy jihatdan 8 r-n, 4 shahar va 7 shaharchaga boʻlingan.

Davlat tuzumi. Q.-Ch. — respublika. Oliy mansabdor shaxs — respublika prezidenti. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Xalq majlisi (parlament), ijrochi hokimiyatni rais boshchili-gidagi respublika hukumati amalga oshiradi.

Tabiati. Q.-Ch. Katta Kavkazning shim. yon bagʻrida, Elbrusning gʻarb va shim. da. Shim. roqda Yon tizma joylashgan boʻlib eng baland nuqtasi — Elbrus (5642 m). Foydali qazilmalari: koʻmir, oltin, rangli metallar, oʻtga chidamli gil. Iqlimi balandlik mintaqalari boʻylab oʻzgarib boradi. Shim. da (togʻ etaklarida) yanv. ning oʻrtacha t-rasi — 5°, jan. da (baland togʻlarda) — 10°, iyulniki shim. da (togʻ etaklarida) 21°, jan. da (baland togʻlarda) 8°. Yillik yogʻin 550—2500 mm. Asosiy daryolari — kuban va uning irmoqtari. Tuproqlari shim. da qoratuproq, jan. da balandlik ortib borgan sari togʻ-oʻrmon qoʻngʻir va togʻ utloqi tuproqlar tarqalgan. Togʻ etaklarida dasht oʻsimliklari, togʻlarda qoraqayin, grab, eman, daryo vodiylarida qaragʻay, qoraqaragʻay, oqqaragʻay oʻsadi, togʻlarning yuqori qismi subalp va alp oʻtloqlaridan iborat. Oʻrmon va baland togʻlarda qoʻngʻir ayiq, oʻrmon mushugi, qobon, silov-sin, suvsar, asl bugʻu, kiyik, yovvoyi echki, qushlardan ular, karqur yashaydi. Hududida Teberda qoʻriqxonasi va Kavkaz qoʻriqxonasining bir qismi joylashgan.

Aholisi. Q.-Ch. da qorachoylar (32,2%), cherkaslar (9,7%), ruslar (42,4%), abazinlar (6,6%), noʻgʻaylar (3,2%), ukrainlar (1,5%), osetinlar (0,9%) va b. yashaydi. Davlat tillari — qorachoy, cher-kas, rus, abazin va noʻgʻay tillari. shahar aholisi 44%. Dindorlari musulmon-sunniylar va xristianlar. Asosiy shaharlari: Cherkessk, Ust-Jeguta, Teberda.

Tarixi. Q.-Ch. hududida odam qadimdan yashab kelgan. 10-a. da adigeycher-kas, 13 — 14-a. larda qorachoy elatlari shakllandi. 14—16-a. larda Q.-Ch. hududiga abazinlar, 17-a. da noʻgʻaylar koʻchib bordi. 19-a. 1-yarmida Q.-Ch. hududi Rossiyaga qoʻshib olindi. 1918-y. fev. da sovet hokimiyati oʻrnatildi. 1918-y. kuzdan 1920-y. apr. gacha oqgvardiyachilar qoʻlida boʻldi. 1922-y. 12 yanv. da Q-Ch. muxtor viloyati tuzildi. 1926-y. qorachoy muxtor viloyati va Cherkasiya milliy okrugi (1928-y. 30 apr. dan Cher-kasiya muxtor viloyati)ga boʻlindi. 1942-y. avg. da Q.-Ch. nemislar tomonidan bosib olindi. 1943-y. yanv. da ozod etildi. 1943-y. okt. da Qorachoy muxtor viloyati tugatilib, aholisi SSSRning sharqiy oʻlkalariga deportatsiya qilindi. 1957-y. yanv. da birlashgan Qora-choy-Cherkasiya mux-tor viloyati tuzildi. 1992-y. dan Q.Ch. Respublikasi.

Xoʻjaligi. Yalpi mahsulotda sanoat 18,4%, q. x. 29,5%, qurilish 5,5%, transport 1%, savdo 12,5% ni tashkil etadi.

Sanoatining asosiy tarmoqlari: kimyo va neft kimyosi, oziq-ovqat, qurilish materiallari sanoati, mashinasozlik va metallsozlik, rangli metallurgiya, oʻrmon, yogʻochsozlik va sellyulozaqogʻoz, yengil sanoat. Kon-ruda sanoat tarmogʻi rivojlangan. yiliga oʻrtacha 40 mln. kVt-soat elektr energiyasi hosil qilinadi. Koʻp sanoat korxonalar Cherkessk, Karachayevsk sh. lari va Mednogorsk shaharchasida joylashgan.

Qishloq xoʻjaligida yetakchi tarmoq — goʻsht-sut chorvachiligi, qoʻychilik, kartoshka va sabzavot yetishtirish. Qorachoy-cherkasiya uchun yaroqli boʻlgan 134,5 ming ga yerning 71,4 ming ga (53,1%) haydaladi. Dehqonchilikda bugʻdoy, makkajoʻxori, kungaboqar, qand lav-lagi, arpa, tariq ekiladi. Mevachilik rivojlangan. Yilqichilik, parrandachilik, asalarichilik bilan ham shugʻullaniladi. Sugʻorish sistemasi rivojlangan (Katta Stavropol kanali bor).

Transportida avtomobil transporti muhim mavqega ega: qattiq qoplamali avtomobil yoʻllari uz. 1887 km. Q.-Ch. hududini Harbiy Suxumi avtomobil yoʻli kesib oʻtgan. T. y. lar uzunligi 51 km. Togʻ turizmi, alpinizm rivojlangan.

Tibbiy xizmati. Q.-Ch. da har 10 ming aholiga 34 vrach toʻgʻri keladi. 10 dan ortiq sanatoriy-kurort va dam olish muassasasi bor (Teberda, Arxiz, Dom-bay iklimiy kurortlari va b.).

Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari. Maorifi RFda qabul etilgan tizimga muvofiq tashkil qilingan. 180 umumiy oʻrta taʼlim maktabida 72 ming, 6 oʻrta maxsus oʻquv yurtida 4,5 ming oʻquv-chi, 2 oliy oʻquv yurti (pedagogika un-ti, texnologiya inti)da 4,9 ming talaba taʼlim oladi. Iqtisodiyot, tarix, til va adabiyot i. t. instituti, 170 kutubxona bor.

Adabiyoti. Q.-Ch. ning tub aholisi (qorachoy, cherkas, abazin va noʻgʻoylar) adabiyoti 20-a. ning 20-y. larida shakllandi. 19-a. oxiri — 20-a. boshlarida oʻz yozuvini yaratish va ona tilida maktab darsliklarini yaratishga urinishlar boʻlgan. 20-a. ning 20-y. larida qorachoy shoirlari I. Karaketov, A. Urtenov, D. Boyqulov, abazin yozuvchisi T. Tabulov, noʻgʻoy yozuvchisi X. Bulatukov ijod qildilar. 30-y. larda cherkas yozuvchilari X. Abukov, M. Dishekov romanlari, I. Amiro-kov, qorachoy yozuvchisi X. Appayev qis-salari, qorachoy shoirlari A. Botashe-va, D. Boyqulov, M. Urusov sheʼr va dostonlari, noʻgʻoy adibi X. Bulatu-kov pyesalari nashr etildi. Noʻgʻoy yozuvchisi F. Abduljalilov, cherkas adibi X. Gashokov, qorachoy shoirasi X. Bayramukova asarlari xalqning nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashiga bagʻishlandi. 2-jahon urushidan keyin qorachoy yozuvchi va shoirlari O. Xubiyev, D. Kubanov, A. Suyunchev, N. Xubiyev, M. Batchayev, cherkas adiblari A. Oxtov, S. Xatuov, X. Xapsirokov, M. Axmetov, A. Xanfenov, abazin yozuvchilari X. Jirov, P. Se-kov, K. Jegutanov, B. Txaysuxov, M. Chikatuyev, D. Laguchev, noʻgʻoy adiblari F. Abduljalilov, S. Kapayev va b. samarali ijod qildilar.

Meʼmorligi va tasviriy sanʼati. Q.-Ch. hududida 1 —13-a. larga oid yer ustiga oʻrnatilgan sagʻanalar, qad. shaharlar (toshdan qurilgan mudofaa devorlari xarobalari b-n), vizantiya tipidagi uncha katta boʻlmagan va freskali xristian cherkovlari (Shoan togʻidagi ibodatxona; Nijnyaya Teberda qishlogʻi yaqinidagi Sentin ibo-datxonasi, ikkovi ham 10—11-a. larga oid), 17 — [8-a. larga oid mudofaa in-shootlari (Adiyux qad. shaharchasi minorasi, 18-a. ning 60-y. lari) saqlangan. Qorachoylarning anʼanaviy turar joylari devori yogʻochdan, tomi ogʻir tuproqdan ikki tomonga nishab qilib qurilgan; cherkaslar turar joylari usti loy bilan suvalgan che-tan devorli, qamish yoki somon tomli uylar boʻlgan. Hoz. davrda Cherkessk, Karachevsk, Teberda kabi zamonaviy shaharlar, koʻplab turar joy binolari, jamoat va madaniy-maishiy inshootlar mavjud.

Q.-Ch. ning qad. sanʼat yodgorliklari — mil. av. 3—2-ming yillikka oid jezdan yasalgan bezak va badiiy keramika, mil. av. 2—5-a. larga oid metall va keramika buyumlaridir. Hoz. davrda rangtasvir (I. G. Akov, M. X. Chomayev va b.) va grafika (Ya. G. Kriskiy va b.) vujudga keldi. Xalq sanʼatida yogʻoch oʻymakorligi, boʻyra toʻqish, zargarlik, kashtadoʻzlik rivojlangan.


Lotin alifbosida maqola: QORACHOY-ChERKASIYA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Q harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
ROSSIYA
XITOY
FRANSIYA
YAPONIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты