QORAQALPOQLAR

QORAQALPOQLAR — Oʻrta Osiyodagi xalq; Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidagi Qoraqalpogʻiston Respublikasida yashaydi (504 301 kishi, 2000-y. lar oʻrtalari). Shuningdek, Oʻzbekistonning Fargona. Xorazm, Navoiy, Buxoro viloyatlarida, qoʻshni Turkmaniston, Qozogistonda, Rossiyada. Afgʻonistonda, Eronda bir necha ming Q. yashaydi. Qoraqalpoq tilida soʻzlashadi. Dindorlari — sunniy musulmonlar. Mil. 2-a. oxiri — 4-a. larda Orol boʻyi choʻllariga Sharqdan hunlar, 6—8-a. larda esa turkiylar kelib mahalliy qabilalar bilan qisman aralashib ketgan. Mana shu etnik negizda Orol boʻyi ilk oʻrta asr xalqtari — bijanaqlar va oʻgʻuzlarning shakllanish jarayoni kechgan, ularning muhi-tida 8—10-a. larda Qoraqalpoqlarning ham shakllanishi boshlangan. 10-a. boshida bijanaqlarning bir qismi Gʻarbga, Jan. rus choʻllariga ketgan; Kiyev Rusi hududiga kelib joylashgan qabilalar rus yil-nomalarida «chyornne klobuki» («qora qalpoqtar») deb nom olgan. Volga-Ural oraligʻida qolgan bijanaklarning sharqiy qismi Irtish havzasidan kslgan qipchoqtar bilan asta-sekin aralashib ketgan, ularning tilini qabul qilgan. Manbalarda qipchoq urugʻ-qabila ittifoqida «Q» atamasiga mos keluvchi «qora boʻrkli» etnonimi uchraydi. Moʻgʻullar istilosi davrida Rashididdin asarida «qavmi kulahi siyah» nomi bilan qayd etilgan. Chingizxon bosqini oqibatida Q. Gʻarbga — Volga boʻylariga, Sariqamish, Oʻzboʻy va Amudaryoning quyi oqimi boʻylariga koʻchishga majbur boʻlganlar.

Qoraqalpoqlar yarim oʻtroq hayot kechirib, sugʻorma dehqonchilikni chorvachilik (ayniqsa, qoramol) va baliq ovlash bilan qoʻshib olib borganlar. Qoraqalpoqlarning aksariyat qismi 16—18-a. lar oʻrtalarida Sirdaryoning oʻrta va quyi oqimi boʻylari (Turkiston, Jankent, Chirikrabot) hamda bir qismi Orol mintaqasida (Qoʻngʻirot, Shohtemir sh.) yashashgan. Biroq Yoyiq va Emba daryolari boʻylarida ham Qoraqalpoqlar istiqomat qilganliklari haqida maʼg lumotlar bor. 1743-y. qozoq xoni Abulxayrxon Q. ga hujum qilgan, natijada sirdaryolik Qoraqalpoqlarning asosiy qismi 18-a. ning 2-yarmida Sirdaryodan uning gʻarbyy irmogi — Janadaryoga koʻchgan. 18-a. oxirida Xiva xonlari Qoraqalpoqlarni tobe etishga faol harakat qilishgan va oqibatda 1811-y. ular boʻysundirilib, Qoraqalpoqlarning asosiy qismi Amudaryo havzasiga koʻchirilgan. Xiva xonlariga qarshi Q. bir necha marta (1827, 1855-56, 1858-59 y. lar) bosh koʻtargan. 1873-y. Chor Rossiyasi istilosi natijasida oʻng qirgʻoq Amudaryodagi Q. Rossiyaga qoʻshib olingan. Bu yerda Amudaryo boʻlimi tuzilgan, Turkiston generalgu-bernatorliginint Sirdaryo viloyati tarkibiga kiritilgan. Soʻl qirgʻoqda yashovchi Qoraqalpoqlar Xiva xonligi tasarrufida qolgan. Oʻrta Osiyoda shoʻrolar hokimiyati oʻrnatilgach, soʻl qirgʻoq va oʻng qirgʻoq Qoraqalpoqlari Qoraqalpogʻiston avtonom oblastini tuzgan. 19-a. — 20-a. boshida Qoraqalpoqlarda xoʻjalik, ijtimoiy va oilaviy hayotda urugʻ-qabila tizimi va patriarxal-urugʻchilik munosabatlari qoldiqlari saqlanib qolgan. Rasmiy din — islomdan boshqa koʻpgina qad. diniy eʼtiqodlar mavjud boʻlgan (yana q. Qoraqalpogʻiston Respublikasi).

Sobir Kamolov.


Lotin alifbosida maqola: QORAQALPOQLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Q harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



QORAQALPOGʻISTON
ROSSIYA
YAPONIYA
TOSHKENT
ERON


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты