PROGRAMMALASH

PROGRAMMALASH, dasturlash — 1) elektron mashinalarda masalalarni yechish hamda ularda har xil akdiy mehnat turlarini bajarish na-zariyasi va usullarini ishlab chi-qish bilan shugʻullanadigan fan; algo-ritmlar nazariyasining amaliy boʻlimi; insonning mashina bilan aloqa qilish vositasi. Asosiy vazifalaridan biri elektron mashinalar uchun programma (dastur) tuzish usullari, ularni tekshirish va takomillashtirishdan iborat. Yechilishi lozim boʻlgan masala algoritmы Programmalashda «mashina tili»ga oʻtkaziladi.

Programmalash ikki asosiy kiyem: bevosita Programmalash va avtomatik Programmalashga boʻlinadi. Bevosita Programmalashda programmaning umumiy sxemasini ishlab chiqishdan kodlash va mashi-naga kiritishgacha boʻlgan barcha ishni programmachi bajaradi. Avtomatik Programmalashda esa programmachi fakat programma sxemasini tuzib, uni qisqartirilgan simvolik kuriniщda yozadi, profamma tuzish va uni kodlash kabi texnikaviy ishlarni esa mashinaning oʻzi maxsus Programmalash programmasi yordamida bajaradi.

Programmalash jarayoni, odatda, quyidagi bos-qichlarga boʻlinadi: masalaning qoʻyilishi; masalaning algoritmik tavsi-fini tuzish; masalani yuqori darajadagi programma tilida Programmalash ; masalani taxminiymashina tilida Programmalash ; masalani mashina tilida Programmalash

Programmalash tili programmalar tuzishning asosiy vositasidir. Bu tillar konkret mashina komandalari sistemasiga boglis boʻlmasligi va iboralar struktu-rasi jihatidan umumiy xususiyatga ega boʻlishi bilan boshqa tabiiy tillarga oʻxshab ketadi. Iboralar ikki turga — operatorlar hamda tavsiflarga boʻlinadi, ularning bir-biri bilan bogʻliqligi qavslar b-n, alohidaligi nukali vergul b-n ajratiladi. Operator tilning amal birligi boʻlib, oʻz navbatida, oʻzgaruvchan kattalikka qiymat beruvchi operatorlar, shartga muvofiq tegishli hisoblash tarmogʻini tanlovchi (shartli) operator va takroriy hisobni amalga oshiruvchi sikl ope-ratorlariga boʻlinadi. Tavsifda oʻzga-ruvchan kattalik va b. belgilar xususiyatlari yoziladi. Biror xususiy masalani yechish uchun tuzilgan programmani simvolik ravishda funksional belgilash mumkin. Bunday belgilash va tavsif birgalikda kichik programma deb yuritiladi. Yangi programmalar tuzishda kichik programmalardan tayyor holda foydalanish mumkin.

Juda koʻp Programmalash tillari (algol-60, q. Algol), muhandislik va ilmiy masalalarni yechish uchun fortran, iqtisodiy hisoblashlar uchun kobol, matematik modellar uchun si mula, tako-millashgan algol-68, PL/I yaratildi. Ularning har biri uchun shu tillarda ifodalangan masalalarga qarab mashina programmasini avtomatik tarzda qaytatuzuvchi translyatorlar mavjud. Taxminiy mashina tili ikkilik sistemadan koʻra yanada qulayroq simvollarda ifodalangan mashina komandalari terminlaridagi programmalar boʻlib, bunda koʻpincha, yuqori darajadagi til sifatida blok sxemalardan foydalaniladi.

Programmalashning programma tuzilgandan keyingi yana bir asosiy bosqichi «tekshirish» (otladka) boʻlib, bunda yoʻl qoʻyilgan xatolar topiladi va tuzatiladi. Programmalar kodlanadi va mashinaga maxsus qurilma yordamida kiritiladi. Amaliyotda Programmalashning yangi va tezkor usullari bor (2004);

2) matematik Programmalash — amaliy matematikaning bir boʻlimi; umumiy maʼnoda — biron-bir funksiya (fox) ning ekstremumini (q. Ekstremum) topish masalasi tushu-niladi.


Lotin alifbosida maqola: PROGRAMMALASH haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: P harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
FRANSIYA
ALISHER NAVOIY
TIBBIYOT
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты