PROYEKSION APPARAT

PROYEKSION APPARAT, proyektor — turli yassi obyektlar (chizmalar, rasmlar, fotonusxalar va b.) tasvirini yorugʻlik oqimi yordamida ek-randa hosil qiluvchi optik qurilma. Muqim (statsionar) va koʻchma turlarga bulinadi. Diaskopik, episkopik va epidiaskopik xillari bor. Diaskopik Proyeksion apparat (diaproyektorlar) shaffof tasvirlarni yoritish yoʻli bilan ekranga tushiradi; bunga kinoproyeksion apparat, proyeksiyey fonar, kattalashti-ruvchi apparat va b. kiradi. Diaskop di-aproyektordan farq qiladi: diaproyektor negativdagi tasvirni fotoqogʻozga oʻtkazishda, diapozitivlarni koʻrishda, mikrofilmlarni oʻqishda, aerofotosuratlarni ishlashda qoʻllaniladi, diaskop shaffof obyektdan oʻtuvchi yorugʻlik nurlari yordamida okulyar orkali shu obyektni koʻrishga imkon beradi. Episkopik Proyeksion apparat ekranda noshaffof obyektlarning tasvirini ulardan qaytgan va sochilgan nurlar bilan xreil kiladi; bunga episkop, proyektor va b. kiradi. Epidiaskopik Proyeksion apparat dias-kopik va episkopik Proyeksion apparat larning qoʻshilgani boʻlib, shaffof va noshaffof obyektlar tasvirini ekranga tushiradi. Proyeksion apparat mexanik va optik qismlardan iborat. Mexanik qismi yordamida proyeksiyalanuvchi obyektlar va-ziyati oʻzgartirilib turiladi. Optik qismi yoritish manbai va linzalar toʻplamidan iborat. Proyeksion apparat oʻlchash texni-kasida, kinoteatrlar, laboratoriyalar va b. joylarda ishlatiladi.


Lotin alifbosida maqola: PROYEKSION APPARAT haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: P harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



EPIDIASKOP
PROYEKTOR
RANDA
YORUGʻLIK
YORITISH JIHOZLARI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты