QORIYEV

QORIYEV Abduvohid, Abduraufqoriyev Abdulvohdqori (1855 – Toshket – 1938.12.1) – jamoat va din arbobi, pedagog. Dastlab Koʻkcha dahalik maktabdor Yoqubxoʻja eshondan eski usulda saboq olgan. 1870-80 y. larda Eshonqulidodxoh va 1880—88 y. larla Buxorolagi Ernazarboy madrasalarida tahsil koʻrgan. 1888-1906-y. larla Toshkent sh. Shayx Xovandi Tohur dahasidagp Mir abdullaboy masjid-madrasasida imom, mudarris, shu daha qozisi. 1906 i. da Toshkent sh. dumasi aʼzosi. 1907-y. da Rossiya Davdat dumasiping deputati. U Dumaga mahalliy aholi nomidan Pirmuhammad aʼlam Tursunmuhammad oʻgʻli bilan hamkorlikda ishlab chiqqan talabnomasini topshirgan. Shu yili aholini oʻz haq-huquqi uchun kurashga chorlovchi «chaqiriq»larni oʻzbek va tojik tilida yozib tarqatgan. Shuning uchun 1909-y. da Tula viloyatiga 5 y. ga surgun qilingan. U rus adibi L. N. Tolstoy bilan shaxsan koʻrishib, suhbatlashib, 1910-y. da uning dafn marosimida ishtirok etgan.

Qoriyev surgundan qaytgach, 1917-y. apr. gacha mudarris, apr. oyidan «Shoʻroyi islom» raisi. 1918-y. dan «Fuqaho» («Huquqshunoslar») jamiyat aʼzosi. Oʻrta Osiyo mahkamai shariya idorasining raisi. 1923-y. da shu idora delegatsiyasi tarkibida Ufaga borib, Usmon Kurʼonini olib kelishda ishtirok etadi. 1926-y. da Makka sh. da boʻlib oʻtgan xalqaro musulmonlar kongressi ishtirokchisi.

Qoriyev 1937-y. da asossiz ravishla qamoqqa olingan va 1938-y. kaltaklab oʻldirilgan. 1957-y. da oqlangan.


Lotin alifbosida maqola: QORIYEV haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Q harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



QORIYEV
TOSHKENT
ROSSIYA
TOLSTOY Lev Nikolayevich
SHAYX XOVANDI TOHUR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты