PROPORSIYA

PROPORSIYA (lot. proportio — munosabat) , mutanosib — 1) matematikada — a, , s, d toʻrt kattalikning ikki nisbati orasidagi tenglik: a:b=c:d. Bunda a, , s, d — P. hadlari; a va d — chetki, b va s — oʻrta hadlar deyiladi. Proporsiyaning asosiy xossasi: oʻrta hadlari koʻpaytmasi chetki hadlar koʻpaytmasiga teng bc=ad. Bu asosiy xossasi orqali Proporsiyaning toʻgʻriligi tekshiriladi va uning biror hadini boshqa hadlar orqali ifodalash mumkin; karrali va butun sonli nisbatli Proporsiyadan tashqari, irratsional nisbatlarga keladigan mutanosiblashtirish sistemalari keng tarkalgan (mas, oltin kesim);

2) sanʼat va meʼmorlikda — badiiy asar yoki bino (inshoot) elementlarining bir-biriga nisbatan uygʻunligi;

3) keng maʼnoda — qismlarning oʻlchamlarining oʻzaro nisbati, umuman, narsalar oʻrtasidagi miqdoriy munosabat.


Lotin alifbosida maqola: PROPORSIYA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: P harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
AMALIY SANʼAT
FRANSIYA
XALQ IJODI
IBN SINO


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты