QOGʻOZ SANOATI

QOGʻOZ SANOATI, sellyulozaqogʻoz sanoati — turli xildagi qogʻozlar, karton va ulardan mahsulotlar, sellyuloza, tolali va qattiq yogʻoch tolali plitalar (DSP) ishlab chiqaruvchi sanoat tarmogʻi. Shuningdek, tarmoqda qoʻshimcha mahsulot tariqasida etil spirti, yem achitqilari, kanifol, skipidar va yogʻ kislotalari tayyorlanadi. Oʻrta Osiyoda 20-a. ning 20-y. lariga qadar Qogʻoz sanoati korxonalari boʻlmagan. Ayrim turdagi qogʻozlar paxtadan, ipakdan hunar-mandchilik usulida oz miqdorda tay-yorlangan hamda chetdan keltirilgan (q. Qogʻoz).

Oʻzbekistonda Qogʻoz sanoati 30-y. larda vujudga keldi. 1932-y. da Oʻrta Osiyoda yagona boʻlgan Toshkent qogʻoz f-kasi ishga tushirildi va shu yili 1595 t qogʻoz ishlab chiqarildi. 20-a. ning 60-y. larida Angren sh. da ikkilamchi qogʻoz materiallari (makulatura)san karton qutilar va idishlar tayyorlaydigan korxona qurildi. 90-y. lar boshida Andijon, Namangan, Samarqand, Yangiyoʻl va b. shaharlarda gʻoʻzapoya, sholipoya va sel-lyulozadan qogʻoz ishlab chiqaradigan bir necha f-ka, oʻrta korxona^ sexlar ishga tushirildi. 1995-y. da «Oʻzbekqo-gʻoz sanoat» uyushmasi tashkil etildi (2003-y. oxirida tugatildi). 2003-y. da Oʻzbekiston Q. s. da 3044 t sellyuloza, 5735 t qogʻoz, 3949 mln. dona yozuv daftarlari ishlab chiqarildi. Tarmoqdagi eng yirik korxona — «Oʻzbek qogʻozi» aksiyadorlik jamiyati (Toshkent).

Qogʻoz sanoati chet davlatlarda AQSH (jahondagi ishlab chiqariladigan qogʻoz va kartonning 1/3 qismi), Rossiya, Kanada, Finlyandiya, Shvetsiya, Yaponiya (AQSH, Kanada, Rossiyadan olinadigan xom ashyo hisobiga), GFRda rivojlangan. Bu mamlakatlarda Qogʻoz sanoati mahsulotlari eksportning muhim bandini tashkil etadi.


Lotin alifbosida maqola: QOGʻOZ SANOATI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Q harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
ANDIJON VILOYATI
TOSHKENT VILOYATI
KIMYO SANOATI
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты