PSIXIATRIYA

PSIXIATRIYA (psixo… va yun. Iatreia — davolash) — klinik tibbiyot sohasi. Psixik kasalliklarning kelib chikish sabablari, belgilari va rivojlanish mexanizmlarini oʻrganadi, ularning oldini olish, davolash va bemorlarga tibbiy yordam koʻrsatishni tashkil etish usullarini ishlab chiqadi.

Psixik kasalliklarni dastlab yunon vrachlari oʻrgana boshlaganlar. Gippokrat psixik kasalliklar ham boshqa kasalliklar kabi tashqi muhitning organizmga salbiy taʼsiri natijasida paydo boʻlishini birinchi bor aytgan. Abu Ali ibn Sino ham asab va ru-hiy kasalliklarni davolash ishiga koʻpgina yangiliklar kiritgan. U psixik kasalliklar haqidagi xurofiy tushunchalarni (mas, bu kasalliklarni jinlar keltirib chiqaradi degan fikr-ni) rad etib, asab va ruhiy kasalliklar ham boshqa kasalliklar kabi tashki muhitning odam organizmiga salbiy taʼsiridan va organizmning oʻzida roʻy beradigan oʻzgarishlardan pay-do boʻladi deb bilgan.

Psixiatriya tibbiy fan sifatida 18-a. oxiri — 19-a. boshlarida shakllandi. Shu paytdan boshlab vrachlar psixik kasalliklarga qarshi dorilar qoʻllashga, shu kasallikning tabiiy sabablarini oʻrganishga kirisha boshladilar. Psixik kasalliklarning koʻpgina turi (jumladan, avvallari tuzatib boʻlmaydigan turi) muvaffaqiyatli davolanmoqda. Ilgarilari nogironlikka chiqarib yuboriladigan oʻtkir psixoz bilan kasallangan bemorlarni tuzatib yuborish usullari ishlab chiqildi. Psixiatriya kasalxonalarining yoʻnalishi oʻzgardi. Psixiatriya ilmining keng rivojlanishi Psixiatriya im-koniyatlari koʻlamini oshirdi. Zamo-naviy Psixiatriya oʻtkir psixoz kasalligiga uch-ragan bemorlarnigina emas, balki psixopatiya, nevrozlarni, alkogolizmnn, kayfiyat oʻzgaruvchanligi (emotsional qoʻzgʻaluvchanlik) va uyqusizlikni ham davolaydi.

Psixiatriyaning tekshirish usullari oʻziga xos boʻlib, boshqa tibbiy fanlardan birmuncha farq qiladi. Psixiatriya tibbiyot fanlari ichida eng keyin rivojlangan fanlar qatoriga kiradi. Hoz. davrda uning mohiyati juda ham keng, chunki ruhiy bemorlardan tashqari har qanday somatik kasalliklar ham ruxiy faoliyatning maʼlum darajada buzilishi bilan oʻtadi va shu bois Psixiatriya asoslarini har bir sohadagi vrach bilishi zarur.

Psixiatriya umumiy psixopatologiya va xususiy Psixiatriyaga boʻlinadi. Umumiy psixopatologiya ruhiy xastaliklarning umumiy alomatlari, ularning kechishi va h. k. ni oʻrganadi. Xususiy Psixiatriya esa ru-hiy xastaliklarning alohida turlarini koʻrib chiqadi, qiyosiy diagnosti-kasi va davolash masalalarini oʻrganadi.

Bundan tashqari, keyingi vaqtda Psixiatriyadan yangi tarmoqlar: bolalar Psixiatriyasi, oʻsmirlar Psixiatriyasi va sud P. si, ijtimoiy Psixiatriya, narkologiya ajralib chiqdi. Psixiatriyada fiziologiya, psixologiya, genetika va b. fanlarning erishgan yutuqlari keng qoʻllaniladi.

Ruhiy bemorlarni davolash imkoniyatlari kundankunga kengayib bormoqda. Mas, 20-a. ning 50-y. laridan boshlab ruhiy oʻzgarishlarni davolashda markaziy nerv sistemasida sodir boʻladigan jarayonlarga bevosita taʼsir etadigan psixofarmakologik vositalar qoʻllanmoqda.

Hoz. zamon P. si fakat klinik fan boʻlib qolmay, balki ijtimoiy va psixologiya masalalarini hal qilishda ham ishtirok etadi.

Oʻzbekistonda 1 – va 2-ToshTI, Vrachlar malakasini oshirish in-ti, Pediatriya tibbiyot in-ti, Andijon, Samarqand tibbiyot in-tlarida Psixiatriya ka-fedralari bor. Uzbek olimlaridan X. Olimov, Sh. A. Mirtolibov T. I. Ismoilov, A. U. Shoyusupova, R. S. Tursunova, M. Xalilov va b. P. ning eng dolzarb masalalari ustida tadqiqot ishlari olib bormoqdalar.

Mirqobil Xalilov.


Lotin alifbosida maqola: PSIXIATRIYA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: P harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



IBN SINO
TIBBIYOT
TOSHKENT
YER
SOGʻLIQNI SAQLASH


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты