PSIXIKA

PSIXIKA (yun. psychikos — ruhiy) , ruhiyat — yuksak darajada tashkil topgan materiya (miya)ning voqelikni alohida shaklda aks ettirishdan iborat xususiyati. Asosan, sezgi, tasavvur, tafakkur, irodaviy xatti-harakat va b. subyektiv obrazlarda aks etadi. Psixika materiyaga nisbatan ikkilamchi, xreila. Bu P. ning mavjudlik usuli (P. miya xususiyati)da va uning mazmuni (P. — obyektiv olamning subyektiv obrazi)da koʻrinadi. Psixika materiya taraqqiyotining muayyan bosqichida — tirik organizmlarda sezuvchanlikning alohida shakli yoki his qilish qobiliyati paydo boʻlishi bilan vujudga kelgan. Tirik mavju-dotning morfologik-fiziologik tuzilishi murakkablashuvi, unda nerv si-stemasining vujudga kelishi va taraq-qiy etishi, bosh miya, uning katta yarim sharlarining shakllanishi va takomillashishi jarayonida rivojlangan. Psixikaning oʻziga xos organi insonda va oliy darajada rivojlangan hayvonlarda bosh miyadir. Psixika — subyektivlik bilan obyektivlikning birligidir. Psixik faoliyat doimo muayyan subyektga xos boʻlib, uning individual xususiyatlari bilan bogʻlangandir. Ayni vaqtda Psixika obyektiv olamning muayyan manzarasini yaratuvchi miya inʼikos faoliyatining real jarayoni sifatida obyektiv-dir. Psixika psixik jarayonlar, holatlar va insonning psixik xususiyatlarining zohiriy birligidir. Psixika rivojining oliy shakli — inson Psixika sidir. Uning paydo boʻlishi va rivojlanishida insonga xos boʻlgan atrofdagi olam bilan oʻzaro munosabatga kirishish usuli — mehnat hal qiluvchi rol oʻynagan. Inson Psixikasi faqat biologik taraqqiyotning emas, ijtimoiy-tarixiy taraq-qiyotning ham mahsulidir. Ijtimoiy, mehnat amaliyoti oliy, faqat inson-gagina xos Psixika shakli — oyagni vujudga keltirdi. Inson Psixika sining eng muhim xususiyati — ishlar, hodisalar va b. ni oldindan koʻra bilish va oʻzi nima qilishini rejalashtirishdan iborat. Inson obyektiv voqelikdagi predmetlar va hodisalarni tajribaga asoslanib idrok qiladi. Insonning psixik faoliyati asosida birinchi va ikkinchi signal sistemalarining oʻzaro taʼsiri yotadi. Psixikaning muhim tomoni uning ref-lektorlik tabiati, yaʼni reflekslar hosil boʻlishi, bu jarayonning toʻxtov-siz va qatʼiy kechishidir. Real Psixika faoliyat koʻrinishida mavjud. Faoliyatda u shakllanadi, namoyon boʻladi va bilib olinadi. Inson Psixika sining shakllanishida taʼlim va tarbiya muhim rol oʻynaydi. Taʼlim va mehnat jarayonida har bir shaxs P. sining individual rivojlanishi yuz beradi, bu insoniyat toʻplagan moddiy va maʼna-viy boyliklarni oʻzlashtirishdan ibo-ratdir. Psixikani psixologiya oʻrganadi.

Ergash Gʻoziyev.


Lotin alifbosida maqola: PSIXIKA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: P harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
XITOY
TOSHKENT
MARKAZII NERV SISTEMASI
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты