QUYOSH MAGNETIZMI

QUYOSH MAGNETIZMI — Quyoshda magnit maydon mavjudligi bilan bogʻliq murakkab va oʻzgaruvchan hodisalar majmui. Quyosh faolligi Quyosh magnetizmining oʻzgaruvchan tabiatini bevosita namoyon qiladi. Quyosh magnit maydonini 1908-y. da amerikalik astronom J. Xeyl kashf etgan. Quyosh magnit maydonlari Zeyeman effekti asosida oʻlchanadi. Quyosh faol, fon va umumiy sohalar magnit maydonlarini ajratish mumkin. Faol sohalar eng kuchli mag-nit maydonlariga ega. Mas, Quyosh doglari markazida magnit maydon kuchlanganligi 2000 — 5000 E. Umuman Quyosh dogʻlari magnit maydon kuchlanganligi 1400Edan ortiq boʻlganda hosil boʻladi. Faol sohalar magnit maydonlarida yigʻilgan energiya juda katta va nobarqaror jarayonlarga manba boʻladi. Baʼzi Quyosh chaqnashlari paytida Yu32 energiya ajralib chiqadi. Fon magnit maydonlari (kuchlanganligi 2—6 E) faol sohalar atrofida ±55° geliografik kengliklarda uchraydi, ularni yakka va qarama-qarshi qutbli magnit sohalar tashkil etadi. Bundan tashqari, ularga katta masshtabli tartiblangan gigant tizilmalar ham kiradi. Quyosh qutblari yaqinida kuzatiladigan sust (1—2 E), kichik masshtabli murakkab strukturalardan iborat mag-nit maydonlar Quyoshning umumiy magnit maydoni deb qabul qilingan. Bu magnit maydon poloi-dal xususiyatga ega, yaʼni Quyosh aylanish oʻqiga nisbatan simmetrik va har bir Quyosh qutbida qarama-qarshi magnit qutbiylik ustun boʻladi. Umumiy, faol va fon sohalar magnit maydonlari Quyosh faolligi davri bilan oʻzga-radi. Faol sohalar magnit maydonlari Quyosh sathiga uning ostki qatlamlaridan qalqib chiqadi. Umuman fon magnit maydonlarini faol sohalarning kengayish natijasida tarqalgan magnit maydonlarining qoldiqlari va umumiy maydonni esa Quyosh qutblariga qarab koʻchgan fon magnit may-donlari hosil qiladi deb hisoblash mumkin. Hozirgacha Quyosh magnetizmining tabiati mukammal oʻrganilmagan.


Lotin alifbosida maqola: QUYOSH MAGNETIZMI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Q harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
QUYOSH
TOSHKENT
OKEAN
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты