PULS (lot. pulsus — turtki) — tomir urishi. Yurak qisqarishi natijasida qon tomirlarining ritmik tebranishi; kengayib, torayishi. Arterialvenoz va kapillyar Puls tafovut etiladi. Odatda, bilak arteriyasi Pulsi eng katta amaliy ahamiyatga ega.
Sogʻlom kishilarda Pulsning tezligi yurak qisqarishi tezligiga moye boʻlib, bir min. da 60—80-marta tomir urishiga teng. Yurakning bir min. da 90 mar-tadan ortiq qisqarishi taxikardiya, 60-martadan kam qisqarishi — bradikar-diya deb ataladi. Yurakning baʼzi kasalliklarida Puls yurak qisqarishi tezligidan kam boʻlishi mumkin — P. defitsita. Puls bolalarda kattalarga nisbatan ortiqroq, qiz bolalarda oʻgʻil bolalarga nisbatan birmuncha ortiqroq, tunda kunduziga nisbatan kamroq boʻladi.
Jismoniy mehnat qilganda, nervemotsional reaksiyalarda Puls ortadi.
Normal holatda Puls ritmik (bir tekis), yaʼni Puls toʻlqinlari maʼlum vaqt oraligʻida sodir boʻladi. Yurak ritmining buzilishi aritmiya deb ataladi (q. Yurak-tomir sistemasi), bunda Puls toʻlqinlari bir xil vaqt oraligʻida notekis boʻladi. Pulsning tarangligi ar-terial qon bosimiga bogʻliq, gipertoniyada goyatda kuchayadi, gipotoniya va yurak kasalliklarida boʻshashadi. Pulsning toʻliq yoki toʻliq emasligi yurak qisqarishi kuchiga bogʻliq. Pulsning boshqa oʻziga xos koʻpgina xususiyatlarini bilish vrachga bemorning ahvoli haqida maʼlumot beradi.