QUYI BOʻZSUV GESLARI KASKADI

QUYI BOʻZSUV GESLARI KASKADI — Chirchiq—Boʻzsuv suv-energetika trak-/yaining quyi qismidagi GESlar maj-mui, unitar korxona. Kaskad Boʻzsuvning uz. 100 km boʻlgan energetika trak-tida Zangiota, Yangiyoʻl, Chinoz tumanlari hududida joylashgan. Umumiy quvvati 50,9 MVt boʻlgan 5(14-, 18-, 19-, 22-, 23-) GESdan iborat. GESlar Toshkent viloyatining Zangiota, Yan-giyoʻl, Chinoz tumanlaridagi sanoat korxonalarini va aholi ehtiyojlarini elektr energiyasi bilan taʼminlashga moʻljallab qurilgan. Kaskaddagi birinchi qurilgan 14-GES Zangiota tumanida joylashgan. Qurilish 1943-y. fev. da boshlanib 1944-y. dek. da ishga tushirilgan, 10,7 MVt quvvatiga ega boʻlgan 1 agregat oʻrnatilgan. 18-, 19-, 23-GESlar Yangiyoʻl tumanida. 18-GESning umumiy quvvati 7,0 MVt boʻlib, har biri 2,34 MVt quvvatli 3 ta agregatga ega (2 agregati 1949-y. da, 3-agregati 1951-y. da ishga tushirilgan). 19-GES 1950-y. da ishga tushirilgan. Umumiy quvvati 11,2 MVt (5,6 MVt quvvatiga ega boʻlgan va Germaniyada ishlab chiqarilgan 2 ta ag-regat). 23-GES 1954-y. da ishga tushirilgan. Urnatilgan quvvatlar 17,6 MVt (8,8 MVt quvvatli, Shvetsiyaning «Noxab» firmasida ishlab chiqarilgan 2 ta turbinali agregat); 22-GES Chinoz tuma-nida joylashgan, quvvati 4,4 MVt (2,2 MVt quvvatga ega boʻlgan 2 agregat). 1954-y. da ishga tushirilgan. GESlar ishini boshqarishni markazlashtirish maq-sadida 1955-y. da ular bir kaskadga biriktirilib, Quyi Boʻzsuv Geslari Kaskadi tashkil etilgan. Uning tarkibidagi barcha GESlar 19-GESdan avtomatik boshqariladi. 2003-y. da kaskad styalarida 233,7 mln. kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi.


Lotin alifbosida maqola: QUYI BOʻZSUV GESLARI KASKADI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Q harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
TOSHKENT VILOYATI
ENERGETIKA
XITOY
GIDROELEKTR STANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты