PUFLAMA SOZLAR ORKESTRI

PUFLAMA SOZLAR ORKESTRI – puflama (yogʻoch, mis yoki faqat mis — banda) va urma cholgʻulardan iborat orkestr. Yevropada 17-a. da shakl topgan. Turli (jumladan, ochiq havo, yurish) sharoitlarga moslanganligi tufayli koʻpgina mamlakatlar armiyalari tarkibiga kirgan. Ijrochilar soniga qarab kichik (20), oʻrta (30) va katta (40—55, baʼzan 80—100 sozandadan iborat) Puflama sozlar orkestri lari ajratiladi. Katta Puflama sozlar orkestri fleyta, goboy, klarnet, saksofon va fagot turlari, shuningdek, valtorna, truba, kornet, trombon, alt, tenor, bariton, baslar va turli urma cholgʻulardan tashkil topgan.

Oʻzbekistonda dastlab rus chor qoʻshinlari tarkibida, keyinchalik (1910-y. larda) Margʻilon, Andijon, Samarqand, Toshkent va b. shaharlarda havaskor (jumladan, milliy) sozan-dalardan iborat Puflama sozlar orkestri paydo boʻlgan. 1920y. lardan Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari, shuningdek, madaniyat saroylari, oʻquv muassasalari tarkibida keng rivoj topgan.


Lotin alifbosida maqola: PUFLAMA SOZLAR ORKESTRI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: P harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
ANDIJON VILOYATI
ROSSIYA
FRANSIYA
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты