QULOQ OGʻIRLIGI

QULOQ OGʻIRLIGI — eshitish qobiliyatining pasayishi. Bolalarda koʻ-pincha oʻtkir yoki surunkali otit, burun va burun-yutqin kasalliklari (koʻpincha adenoid) oqibatida yuzaga keladi. Eshituv nervi va ichki quloqdagi patologik jarayonlar koʻpincha Quloq ogʻirligiga sabab boʻladi. Baʼzan tugʻma va bolalikdagi Quloq ogʻirligi sababli bola nutqi buzilishi mumkin. Kattalarda otoskleroz, ichki quloqda qon aylanishining buzilishi, eshituv nervining yoshga qarab oʻzgarishi (keksalik Q. o.), shuningdek, uzoq vaqt kuchli shovqin taʼsiri va surunkali intoksikatsiya (al-kogol, nikotin, simob, qoʻrgʻoshin va b. taʼsiri) ham Quloq ogʻirligiga olib keladi. Quloq ogʻirligi yengil, oʻrtacha vaogʻir kechadi. Davosi: Q. o. ga sababchi omillar yoʻqotiladi, turli dori-darmonlar yoki operatsiya yoʻli bilan davolanadi. Koʻproq eshituv apparatlari qoʻllaniladi.


Lotin alifbosida maqola: QULOQ OGʻIRLIGI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Q harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
QULOQ KASALLIKLARI
Abdulhay Karimov - To’y bola
PATOLOGIK ANATOMIYA
QON KETISHI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты