PYARNU (1917-y. gacha rasmiy nomi — Pernov) — Estoniyadagi shahar. Pyarnu daryosi Riga qoʻltigʻiga quyilish joy-ida. Dengiz porti va dare pristani. Dengiz boʻyi iqlim va balchiq kurorti. Yozi moʻtadil iliq (iyulning oʻrtacha t-rasi 17°), qishi moʻtadil yumshoq (yanv. ning oʻrtacha t-rasi —5°); yiliga 540 mm yogʻin yogʻadi. Baliq konservalash, zigʻir tola toʻqimachilik k-tlari, mashinasozlik, oziq-ovqat va oʻrmon sanoati korxonalari, drama teatri, oʻlkashunoslik muzeyi, shoira Lidiya Koydulaning memorial muzeyi (1945), turistik baza mavjud. Shahar 13-a. dan maʼlum, rus solnomalarida Pernava nomi bilan tilga olinadi.