QUMQOʻRGʻON TUMANI

QUMQOʻRGʻON TUMANI — Surxondaryo viloyatidagi tuman. Viloyatning markaziy qismida joylashgan. 1977-y. 24-martda tashkil etilgan. Shim. dan Sariosiyo, jan. va jan.-gʻarbdan Jarqoʻrgʻon, sharqdan Oltinsoy, Shoʻrchi, Uzun, shim.-sharqdan Denov, gʻarbdan Bandixon va Boysun tumanlari, jan.sharqdan Tojikiston Respublikasi bilan chegaradosh. Mayd. 2,2 ming km2. Aholisi 158,3 ming kishi (2005). Tumanda 1 shahar (Qumqoʻrgʻon), 1 shaharcha (Hurriyat), 8 qishloq fu-qarolari yigʻini (Arslonboyli, jaloyir, Ketmon, Oqjar, Oqqapchi-gʻay, Yuqori Kakaydi, Oʻzbekiston, Qumqoʻrgʻon) bor. Tuman markazi — Kumkoʻrgʻon sh. Tabiati. Tuman hududi Surxon — Sherobod vodiysining markaziy qismida joylashgan, oʻrta qismidan shim. dan janub tomon Surxondaryo oqib oʻtadi. Relyefi, asosan, adirlardan iborat, Surxondaryo vodiysi gʻarbga (Sherobod — Sariqamish qirlari tomon) va sharqqa (Bobotogʻ tomon) asta-sekin koʻtarilib boradi. Foydali qazilmalardan Lalmikor neft koni, turli qurilish materiallari qazib olinadigan konlar bor. Iqlimi quruq subtropik iqlim. Qishi iliq, qisqa, yozi issiq, davomli. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi 3°, eng past t-ra —20°, —22°. Iyulning oʻrtacha t-rasi 30°, eng yuqori t-ra 48°. Yillik oʻrtacha t-ra 16°. Vegetatsiya davri 240—250 kun. Yiliga oʻrtacha 190—200 mm yogʻin tushadi. Tuman hududidan Surxondaryo va uning mavsumiy oqimga ega boʻlgan oʻng irmoqlaridan Oqqapchigʻay, Bandixon soylari oqib oʻtadi. Asosiy sugʻorish kanallari: Sherobod va Bobotogʻ mashina-magistral kanallari, Oʻgʻriguzar nasos st-yasi va b. bor. Daryo terrasalari allyuvial boʻz tuproq. Surxondaryoning har ikkala tomonidagi adirliklarda qum tuproq, togʻ etaklarida och tusli boʻz tuproqlar. Kserofit — efemeroid oʻsimliklar oʻsadi. Daryo boʻylarida qamish, qiyoq, yulgʻun, yantoq, qizilmiya, adirlarida betaga, noʻxatak, qoʻngʻir-bosh, shoshir, lolaqizgʻaldoq, qoʻzigul, togʻ yon bagʻirlarida karrak, kovrak, kiyikoʻt, suv havzalarida har xil baliklar yashaydi. Tuman hududida Jan. Surxon suv ombori joylashgan.

Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, tojik, tatar, rus va b. millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km2 ga 71 kishi. Sugʻoriladigan zonada oʻrtacha zichlik 1 km2 ga 100 kishi chamasida.

Xoʻjaligi. Muhim sanoat korxonalaridan «Surxon» temir-beton buyumlari k-ti, paxta tozalash, taʼmirlash-mexanika, asfalt-beton z-dlari, non kti bor. Jan. Surxon suv ombori boshqarmasi, Surxondaryo par-malash ishlari boshqarmasi, MTP, qurilish tashkilotlari, avtokorxona, neftni saklash va sisternalarga quy-ish estakadasi, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari ishlab turibdi. Kichik, oʻrta biz-nes korxonalari, mikrofirmalar faoliyat koʻrsatadi. Qumqoʻrgʻon tumani, asosan, gʻallachilik va paxtachilik, ingichka tolali paxtachilikka ixtisoslashgan. Chorvachilik, polizchilik, sabzavotchilik, pillachilik ham rivojlangan. Tumanda shirkat, dehqon, fermer xoʻjaliklari, 3 chorvachilik majmuasi, «Sayxon» qorakoʻlchilik-naslchilik xoʻjaligi mavjud. Bogʻ va tokzorlar bor. Umumiy taʼlim, bolalar musiqa maktablari, kasbhunar kolleji, tuman markaziy kutubxonasi va uning shoxobchalari, klub muassasalari, madaniyat uylari, madaniyat va istirohat bogʻi, stadion bor. Tuman markaziy kasalxonasi, poliklinika, qishloq vrachlik va feldsher-akusherlik punktlari, dorixona va b. tibbiy muassasalar aholiga xizmat koʻrsatadi. Qumqoʻrgʻon tumanidan Toshkent — Dushanba t. y. va Termiz — Dushanba avtomobil yoʻli oʻtgan. Yangi qurilayotgan Qumqoʻrgʻon tumani — Toshguzar — Boy-sun t. y. ning 112 km qismida poyezdlar qatnaydi. Qumqoʻrgʻon tumanidan Termiz sh. ga avtobuslar qatnovi yoʻlga qoʻyilgan. Meʼmoriy yodgorliklardan Bandixonsoy ustiga qurilgan qad. meʼmoriy koʻprik (gʻishtdan) (1558—98 y. lar) saqlanib qolgan.

Jovli Tursunov, Mashhura Roʻziyeva.


Lotin alifbosida maqola: QUMQOʻRGʻON TUMANI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Q harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
SURXONDARYO VILOYATI
TOJIKISTON
SHOʻRCHI TUMANI
SARIOSIYO TUMANI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты