QUMGʻON

QUMGʻON — choy idish; ichi qalay bilan oqartirib misdan yasalgan dastali, qopqokli (baʼzan qopqoqsiz), joʻmrakli idish. Suv ichish, choy qaynatish uchun ishlatiladi. Ogʻzi (boʻyni) keng, joʻmragi qisqa (baʼzan yoʻq), qorni katta (ovalsimon); ogʻzi-boʻyni kattaligi bilan obdastadan farq qiladi. Kandakori oʻyma naqshlar bilan bezatiladi. Qadimdan sopol Q. keng tarqalgan, keyinchalik misdan bolgʻalab ishlangan. Sanoat rivojlanishi bilan quyib, temirdan ishlab, ustidan sirlab tayyorlana boshlangan. Hajmiga koʻra katta Qumgʻon (4—5 l suv sigʻadi), oʻrta Qumgʻon (2-3 l), Q. cha (1-1,5 l) deb nomlangan. Sharq mamla-katlari, Kavkaz va Oʻrta Osiyoda keng tarqalgan. Qumgʻonning jozibador qilib bezatilgan namunalari respublika muzeylari va xususiy toʻplamlarda saqlanadi.


Lotin alifbosida maqola: QUMGʻON haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Q harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AMALIY SANʼAT
TOSHKENT
XITOY
CHOY
Mango guruhi - Maysara


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты