POʻLAT MOʻMIN

POʻLAT MOʻMIN (taxallusi; asl ism-sharifi Moʻminov Poʻlat) (1922.24.12 — Toshkent — 2004.2.3) — bolalar shoi-ri. Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (1992). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1983). Dastlab pedagogika bilim yurtini (1939), soʻng Nizomiy no-midagi Toshkent pedagogika in-tini tugatib (1944), oʻqituvchilik b-n shu-gʻullangan (1944—47). «Lenin uchquni» gaz. da adabiy xodim (1948—50), Oʻzbekiston davlat nashriyotida boʻlim mu-diri (1951—52), respublika Yozuvchilar uyushmasida adabiy maslahatchi (1954—60), Madaniyat vazirligi krshidagi Sanʼat ishlari boshkarmasida dramaturgiya boʻyicha bosh muharrir (1962— 64). Ilk sheʼrlar toʻplami — «Sayrang, kushlar (1949). Shundan keyin uning «Tong kuylari» (1949), «Oltin boshokdar» (1951), «Tish choʻtkasi ertagi» (1955), «Hunardan unar» (1958), «Toʻgʻri oʻsgan gul boʻlur» (1960), «Aql qayerda boʻlar» (1962), «Oltin nay» (1967), «Yaxshilarga oʻxshasam» (1968), «Rahmatga rahmat!» (1969), «Eson va Omon» (1973), «Ertaqdan ertakka» (1989), «Er-taklar yaxshilikka yetaklar» (1984), «Yurak zavqu dardlarim, aytar baytu fardlarim» (1993), «Bugʻdoy bobo» (1995), «Bolajon, bolajonim» (2003) va b. bolalarga bagʻishlangan sheʼr va ertaklardan iborat toʻplamlari, «Kul-di xiyol» (1964), «Gul va piyoz» (1971), «Qoʻshiq aytib» (1985) singari qoʻshiqlardan tashkil topgan kitoblari nashr etilgan. Poʻlat Moʻmin mumtoz oʻzbek adabiyoti anʼanalarini davom ettirib, gʻazal, tuyuq, fard janrlarida ham koʻplab asarlar yaratgan. Uning 500 dan ziyod qoʻshiqlari gʻazal janrida yozilgan. Poʻlat Moʻminning bolalar hayotidan olingan «Qovoqvoy bilan Chanoqvoy», «Suqatoy va Konfetvoy» (1970), «Bahodirning botirligi» (1972), «Ona bolam deydi, bola onam deydi» (1975), «Oq fil yoʻqoldi» (1983), «Tuyakush-boyaqish» (1987) pyesalari respublika teatrlarida sahnalashtirilgan. A. S Pushkin, V. V. Mayakovskiy, S. Marshak, S. Mixalkov, A. Barto va b. rus yozuvchilarining bolalarga bagʻishlangan asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan. «El-yurt hurmati» ordeni bilan mukofotlangan (1998).

As: Ibn shifo — ulashar davo, T., 2003.


Lotin alifbosida maqola: POʻLAT MOʻMIN haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: P harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
TISH
FRANSIYA
XITOY
TURKIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты