POʻLATNI TOBLASH

POʻLATNI TOBLASH — poʻlatni oldin qizdirish, keyin tez sovitish yoʻli b-n chiniqtirish. Qizdirish sharoitiga qarab, toʻla va chala toblash xillariga boʻlinadi. Toʻla toblashda poʻlat holat diagrammam GSE chizi-gʻidan yuqorigi t-ragacha qizdirilgandan soʻng tez sovitiladi. Shunda poʻlat toʻliq austenit xrlatga oʻtadi. Chala toblashda metall PSK chizigʻidan yuqorigi t-ralargacha qizdiriladi; sovitishdan keyin erimagan (ortiqcha) fazalar (ferrit yoki sementit va murakkabroq karbidlar) saqlanib qolishi mumkin. Temir-uglerodli qotishmalarning holat diagrammasiga muvofiq, shu di-agrammaning GSE chizigʻidan yuqorigi t-ralarga poʻlatning termodinamik turgʻun xrlati — austenit, PSK chi-zigʻidan pastdagi t-ralarga ferrit va sementit moye keladi. Austenit PSK chizigʻidan yuqorigi t-radan asta-sekin sovitilganda, holat diagrammasiga muvofiq, ferrit va sementitga parchalanadi. Juda past t-rada austenit amalda parchalanmaydi, t-ra yana pasaytirilsa, martensitta aylanadi; P. t. dan maqsad — toʻliq martensit struktura hosil qilish. Poʻlatni toblash natija-sida poʻlatning qattiqligi keskin oshadi, mustahkamlanadi, plastikligi pasayadi.

Sovitish sharoitiga qarab, Poʻlatni toblash izo-termik, pogʻonali va b. usullarda amalga oshirilishi mumkin. Izotermik toblashda poʻlat GSE chizigʻidan yoki PSK chizigʻidan yuqorigi t-ralargacha qizdiriladi, soʻngra PSK dan past t-ralargacha tez sovitiladi va izotermik dam deb ataladigan xrlatda tutib turiladi, bunda austenit boshqa strukturalar (perlit, bey-nit)ga aylanadi. Pogonali toblashda poʻlat martensitga aylanadigan t-radan bir oz yuqori t-ragacha katta tezlikda sovitiladi, shu t-ra butun qalinligiga birday tarqalguncha tutib turiladi, soʻngra martensit struktura hosil boʻlguncha asta-sekin sovitiladi. Tashqi omillar, asosan, toblash mu-hiti (suv, moy, erigan tuz) va bosim ham Poʻlatni toblashga taʼsir qiladi.

Toblangan poʻlat juda moʻrt boʻlgani uchun bir oz boʻshatiladi (q. Boʻshapgish). Poʻlatni toblash texnikada keng ishlatiladigan, konstruksion xossalari yaxshi poʻlat olishga imkon beradi.


Lotin alifbosida maqola: POʻLATNI TOBLASH haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: P harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



METALLARNI ISHLASH
AUSTENIT
TEMIR- UGLERODLI QOTISHMALAR
SOVITISH MASHINASI
POʻLAT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты