POʻLATOVA Naima Qudratovna

POʻLATOVA Naima Qudratovna (1939.4.6, Toshkent) — aktrisa, xonanda (soprano). Oʻzbekiston xalq artisti (1997). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati in-tini tugatgan (1963). 1958-y. dan Muqimiy teatrida ishlaydi. Poʻlatova, asosan, lirik qahramonlar ijrochisi boʻlib, sevgi sanamlarining iztiroblari, ularning ichki kechinmalarini ham dramatik, ham musiqiy talqinda tomoshabinga mohirona yetkazish, onalarga xos mushfiqu-mehribonlik, bardoshlik, uning psixologik va dramatik holatini ifodalashda oʻziga xos ijrosi bilan ajralib turadi. Nurxon («Nurxon»), Alima («Momo yer»), Zulxumor («Ravshan va Zulxumor»), Oyparcha («No-dira»), Shirin («Farhod va Shirin»), Xolisxon («Paranji sirlari»), Gulruh («Navoiy Astrobod-da»), Obida («Mavlono Muqimiy»), Hayotxon («Fargʻona tong otguncha»), Amal («Guli siyoh»), Jamila («Devona»), ona («Mangu mashʼal», «Toʻydan keyin tomosha») kabi rollari bilan ta-nilgan. Xonanda sifatida «Munojot», «Aylanay», «Aqli raso boʻlsin», «Fi-gʻonkim», «Sevgi nidosi», «Qarshi gullari», «Otmagay tong», «Abdurahmonbegi» va b. mumtoz va zamonaviy qoʻshiklarni ijro etgan. Filmlar («Kelinlar qoʻzgʻoloni», «Oʻzganing baxti», «Toʻylar muborak», «Karaxtlik», «Mehrobdan chayon» kabi)da ham suratga tushgan.


Lotin alifbosida maqola: POʻLATOVA Naima Qudratovna haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: P harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ALISHER NAVOIY
TOSHKENT
XALQ IJODI
YER
ZOKIROVLAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты