POʻSTLOQ, oʻsimliklar poʻstlogʻi (cortex) — oʻsimlik poya va ildizlarining kambiydan keyingi sirt-qi qismi; har xil toʻqimalardan tu-zilgan. Birlamchi va ikkilamchi Poʻstloq bor. Birlamchi Poʻstloq oʻsish konusida birlamchi qoplovchi toʻqimalar bilan mar-kaziy silindr orasida meristemaning tashki qavatlaridan shakllanadi. U pa-renximadan tuzilgan, hamma oʻsimliklarning ildizida yaxshi rivojlanadi; ikki pallali va ochiq urugʻlilarda esa ildizpoyasida va poyalarida xam boʻladi. Ikki pallalilar poyasida birlamchi Poʻstloqning sirtqi qismi, asosan, kol-lenximadan, bir pallalilar ildizida esa ekzodermadan iborat. Ikkilamchi Poʻstloq (ikkilamchi floema, yaʼni lub) kambiydan rivojlangan boʻlib, toʻrsimon naychalar, lub parenximasi, mexanik tolalardan iborat. U fotosintez mahsulotlarini pastga — oʻsimlik boʻylab tarkatib, 1-, 2-yillari oʻtkazuvchi toʻqima vazifasini bajaradi. Eski Poʻstloq poʻkaklanib, oʻtkazuvchi vazifasini bajarmay qoʻyadi, u yogʻochni fakat mexanik va kimyoviy taʼsirlardan himoya qiladi. Quruq Poʻstloq tarkibida 16—23% sellyuloza, 7—15% pentozan, 6—16% geksozan, 8—10% poliuronidlar, 27—33% lignin, 14—30% ekstrakt moddalar bor. Odatda, daraxt poyasi va ildizlari oson koʻchadigan ustki qismi Poʻstloq deb ataladi. Yosh daraxtlar poʻstlogʻi silliq boʻlib, rivojlanish davomida dagʻallashib yoriqchalar hosil qiladi. Qayin poʻstlogʻining poʻkak qismidan smola; lipaning lub tolasidan mochalka; beresklet ildizining poʻstlogʻidan guttapercha (7%); zi-gʻir, kanop va b. poʻstlogʻidan toʻqimachilikda ishlatiladigan tolalar; eman, tol poʻstlogʻidan oshlovchi moddalar; xin daraxti poʻstlogʻidan xinin va b. olinadi.