QUROLLI KUCHLAR

QUROLLI KUCHLAR — harbiy harakatlar (hujum yoki mudofaa) olib borish hamda davlat xavfsizligini taʼminlash maqsadida davlat tomonidan taʼminlanuvchi qurollangan kishilarning uyushgan birlashmasi; siyosiy hokimiyatning muhim tarmogʻi.

Qurolli kuchlarning vujudga kelishi jamiyatning sinflarga ajralishi va davlat paydo boʻlishi bilan bogʻliq. Quldorlik davlatlarining qoʻshinlari, asosan, harbiy yoʻlboshchilar yoki shohlarning drujinalaridan, erkin xalq lashkarlaridan iborat boʻlgan. Misr, Yuno-niston, Rim va b. davlatlarda harbiy-dengiz floti tuzilgan. Mulkchilik munosabatlari rivojlana borgan sari vassalliklar lashkarlari Qurolli kuchlarning asosini tashkil etgan. Har bir mulkdor mohir jangchi boʻlib, oʻz qurolli otryadiga ega boʻlgan. Gʻarbiy Yevropada piyoda askarlar ahamiyatini yoʻqotib, ogʻir qurollangan otliq ritsarlar asosiy kuchga aylangan. Sharqda arablar, turklar, moʻgʻullar va b. ning davlatlarida Qurolli kuchlar, asosan, ogʻir va yengil qurollangan otliq askarlardan iborat boʻlgan (q. Armiya).

18-a. oxirida Yevropa davlatlari (Fransiya va b.)da umumiy harbiy xizmat majburiyati joriy etildi. 19-a. oxirlariga kelib rivojlangan davlatlar Qurolli kuchlari soni keskin koʻpaydi. 20-a. boshlarida yangi jangovar texnika paydo boʻldi, transportning rivojlanishi kadr prinsipi asosida tuzilgan armiya va harbiydengiz floti yaratilishiga olib keldi. Keyinchalik qurollanish poygasi avj oldi va yirik davlatlar qurolli kuchlari jadal koʻpaya boshladi. Fan va texnikaning eng yangi yutuklaridan harbiy maqsadlarda foydalanish keng yoʻlga qoʻyildi. Yangicha qoʻshin turlari vujudga keldi.

Ikkinchi jahon urushi davrida Qurolli kuchlar ham miqdor, ham sifat jihatdan oʻsdi. Qoʻshinlar mexanizatsiyalashtirildi va motorlashtirildi, artilleriya va tanklar soni ortdi, reaktiv artilleriya va ballistik hamda qanotli raketalarning dastlabki namunalari paydo boʻldi. Harbiy-havo kuchlari va harbiy-dengiz floti rivojlandi. Operativ birlashmalar (quruqlikdagi qoʻshinlarda — front yoki armiyalar guruhi, harbiy-dengiz flotida — flot) vu-judga keldi. 1945-y. AQSHda, 1949-y. sobiq SSSRda, keyinroq Buyuk Bri-taniya, Fransiya va Xitoyda atom quroli paydo boʻldi.

Qurolli kuchlar turlariga quyidagilar kiradi: quruqlikdagi qoʻshinlar, strategik maqsaddagi raketa qoʻshinlari, mamlakatni havo hujumidan mudofaa qilish qoʻshinlari, harbiy-havo kuchlari, harbiidengiz floti. Qurolli kuchlar turlari boʻlinma, qism, qoʻshilma, shuningdek, birlashma (asosan, urush davrida)larga uyushgan qoʻshin turlari va maxsus qoʻshinlardan tashkil topadi. Qurolli kuchlarda yagona tashkiliy tizim, shaxsiy tarkibni oʻqitish va tarbiyalashning, komandir kadrlarni tayyorlashning, xizmatni oʻtashning umumiy tartibi mavjud. Taraqqiy etgan davlatlarning zamonaviy Qurolli kuchlari eng yangi jangovar texnika, shuningdek, raketa-yadro quroli bilan taʼminlangan boʻlib, yuksak tayyorgarlikka, keng jangovar imkoniyatlarga ega (yana q. Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari).


Lotin alifbosida maqola: QUROLLI KUCHLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Q harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



HARBIY SANʼAT
XITOY
PIYODA ASKARLAR
TOSHKENT
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты