QUROLSIZLANISH

QUROLSIZLANISH — urush olib borish vositalarini butunlay yoʻqo-tish yoki ularni qisman kamaytirish hamda urush xavfini bartaraf etish uchun shartsharoitlar yaratish maqsa-dida amalga oshiriladigan chora-tad-birlar tizimi. Qurolsizlanish xalqaro huquqning tamoyillaridan biri boʻlib, uning yuridik mohiyatini 3 meʼyoriy belgi: umumiy xarakterdagi majburiyatlar (Q. borasida amaliy choralarni ishlab chiqish); dasturiy xarakterdagi nor-malar (qurollar va qurolli kuchlarni toʻliq yoʻq qilish yoʻli bilan Qurolsizlanishga eri-shish); kafolat xarakteriga ega boʻlgan majburiyatlar (amaldagi shartnomalar qoidalarini toʻliq bajarish) tashkil etadi.

Qurolsizlanish xalqaro doirada BMTning 2 asosiy organi — Bosh Assambleya va Xavfsizlik Kengashiga topshirilgan. BMT huzurida barcha tashkilot aʼzolaridan iborat Qurolsizlanish komissiyasi tashkil etilgan. Qurolsizlanishning 2 turi: yalpi va qisman Qurolsizlanishni ajratib koʻrsatish mumkin. Yalpi Qurolsizlanish deganda: 1dan, qurolli kuchlarni yoʻq qilish, harbiy tashkilotlarni bartaraf etish, qurol i. ch. ni toʻxtatish, shuningdek, ularni yoʻq qilish hamda tinchlik davrida qurollardan foydalanishni man etish; 2dan, yadroviy, kimyoviy, bakteriologik va b. ommaviy qirgʻin qurollarining barcha zaxiralarini yoʻq qilish hamda shu turkumdagi qurollarni i. ch. ni toʻxtatish; 3dan, ommaviy qirgʻin qurollarini eltib berish vositalarining barcha turlarini yoʻq qilish; 4dan, mamla-kat harbiy faoliyatini uyushtiruvchi muassasalar hamda tashkilotlarni bar-taraf etish, harbiy taʼlim berishni toʻxtatish, harbiy oʻquv yurtlarini yopish; 5dan, mablagʻlarni harbiy maqsadlarda ishlatishni toʻxtatish tushuniladi. Davlatlar faqat yadroviy boʻlmagan qurolli kuchlar, vositalar va tashkilotlarni saqlab qolishi mumkin. Ular kelishuvga binoan ichki tartib-qoida va fuqarolarning shaxsiy xavfsizligini taʼminlash uchun zarurdir. Qisman Qurolsizlanish yadroviy qurolsizlanish, yadroviy qurollardan foydalanishni, yadroviy qurollar sinovlarini man etish, yadroviy qurollarni tarqatmaslikni oʻz ichiga oladi (q. Yadro quroli sinovlarini taqiqlash toʻgʻrisidagi shartnoma, Yadro qurolini tarqatmaslik toʻgʻrisidagi shartnoma). Shuningdek, yadro qurollaridan xoli zonalar (q. Yadro-siz zona) tashkil qilish, strategik qurol-yarogʻlarni cheklash va kamaytirish, kimyoviy va bakteriologik qurollarni man etish va nihoyat, oddiy qurollarni va qurolli kuchlarni qisqartirish ham qisman q. yoʻlida amalga oshiriladigan choralar hisoblanadi.


Lotin alifbosida maqola: QUROLSIZLANISH haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Q harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
TOSHKENT
TISH
XX asr boshida Turkiston...


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты