QUTBLANUVCHANLIK

QUTBLANUVCHANLIK — zarralar (atom, ion va molekula)ning elektr maydonda dipol momentiga ega boʻlish xossasi. Elektr maydon (Ye) taʼsirida atom sistemalaridagi elektr zaryadlar siljib, dipol moment (R) induksiyalanadi. Maydon oʻchirilganda induksiyalangan r moment yoʻqoladi. Qutblanuvchanlik tushunchasi, odatda, doimiy dipol momentiga ega boʻlgan zarralarga, mas, qutbli molequlalarga qoʻllanmaydi. Nisbatan zaif maydonlarda r ning Ye ga bogʻlanishi chiziqli boʻladi va quyidagicha ifodalanadi: r=aE, (bunda a — hajmiy oʻlchamlikka ega boʻlgan Qutblanuvchanlik). Baʼzi molekulalar uchun Qutblanuvchanlikning qiymati Ye ning yoʻnalishiga bogʻliq boʻladi (ani-zotrop Q). Kuchli maydonlarda (rE) bogʻlanish chiziqli boʻlmaydi. Maydon yoqilganda r bir onda paydo boʻlmaydi, uning turgʻunlik vaqti t zarralarning tabiati va atrof muhitga bogʻliq. Statik maydonga Qutblanuvchanlikning statik qiymati mos keladi. Oʻzgaruvchan maydonda Qutblanuvchanlik turgʻunlashishi vaqti t va maydon chastotasi so ga bogʻliq boʻladi. Yetarlicha kichik vakt va past sh chastotalarda r momentning oʻzgarishlari Ye ning oʻzgarishlari bilan sinfaz bogʻlangan va Qutblanuvchanlik statik Qutblanuvchanlik bilan mos tushadi. Juda yuqori so va katta x vaqtlarda r moment umuman hosil boʻlmasligi mumkin (zarra maydonni «sezmaydi»), Q. ning elektron, ion va atom xillari bor. Elektron Q. ga sabab Ye maydonda elektron qobiqlar atom yad-rosiga nisbatan siljishidir. I o n Q. (ion kristallar) da turli ishorali ionlar muvozanat vaziyatidan qarama-qarshi yoʻnalishlarda siljiydi. A t o m Q. da molekuladagi turli xil atomlar siljiydi. Qattiq va suyuq dielektriklar fizikasida Qutblanuvchanlik deganda oʻrtacha Q, yaʼni, dielektriklarning bitta zarrasiga va elektr maydonning birlik quchlanganligiga toʻgʻri keluvchi R qutblanganligi: a=R/YEI (bu yerda N — hajm birligidagi zarralar soni) tushuniladi. Qutblanuvchanlik tushunchasi dielektriklar fizikasi, molekulyar fizika va kimyoda qoʻllaniladi.


Lotin alifbosida maqola: QUTBLANUVCHANLIK haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Q harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
MAYDON KVANT NAZARIYASI
ELEKTROSTATIKA
ION EMISSIYA
ATOM FIZIKASI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты