QUTLUGʻMUROD INOQ MADRASASI

QUTLUGʻMUROD INOQ MADRASASI — Xivadagi meʼmoriy yodgorlik (1804—12); Ichan qalʼa tarkibida. Olloqulixonning togʻasi Qutlugʻmurod Inoq qurdirgan; vasiyatiga binoan miyonsaroy zamini tagiga dafn etilgan. Madrasa toʻrtburchak tarhli (57×44 m), masjid va darsxona (tarhi 5×5 m), hujralar (3×3 m), hovli (31,8×27,8 m) hamda hovli oʻrtasidagi sardoba (diametri 7,15 m)dan iborat. Q. I. m. Xivada dastlab qurilgan 2 qavatli madrasa boʻlib, Xiva madrasalariga xos boʻlmagan 2 qavatli, 3 ochiq ravoqli, bosh tarzi ochiq va mahobatli qilib bunyod etilgan; bino gʻishtdan loy bilan terilgan, poydevori devoridan yogʻoch toʻsinlar (sardobaniki marmar) bilan ajratilgan. Bosh tarzidagi peshtoq va uning 2 D. yoni 3 ravoqli, burchaklariga guldastalar ishlangan; peshtoq orqali miyonsaroyga kiriladi. Miyonsaroy 3 xonali, 2 yonida madrasa va darsxona joylashgan; masjid va darsxona gumbazi qalqonsimon bagʻallarga bogʻlangan, yozgi masjid pastak gumbaz b-n, hujralar balxi gumbaz bilan yopilgan; sardobaning gumbazi silindrsimon poygumbazga oʻrnatilgan, poygumbaziga ravoqli aylana yoʻlak (bal. 1,65 m, eni 0,6 m) ishlangan.

Q. I. m. Xivadagi sirlanmagan va bosma usulida yaratilgan boʻrtma bezaklar qoʻllangan yagona yodgorlikdir; peshtogʻi, miyonsaroy rangli oʻyma ganch bilan ziynatlangan, ravoqlari muqarnaslar bilan toʻldirilgan; sirli koshin va parchinlar bilan qoplab beza-tilgan; derazalariga ganch panjaralar ishlangan; oʻymakori eshiklari amaliy sanʼatning nodir namunasidir (naqshlar orasida bino qurilgan sana bitilgan).


Lotin alifbosida maqola: QUTLUGʻMUROD INOQ MADRASASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Q harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ICHAN QALʼA
XIVA
TOSHKENT
XIVA XONLIGI
MADRASA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты